Basseynda cho‘milgandan so‘ng

Assalomu alaykum! Dachamizda basseyn bor, shu basseynda o‘zim, yosh bollarim va kichkina jiyanlarim bilan birgadikda cho‘milamiz. Yosh bollar basseynda cho‘milayotganda kichkina xojatini chiqarishini mumkinligi bilamiz. Basseynda cho‘milganimdan keyin, namozga taxorat olganim etarlimi yoki yana g‘usl qilishim shartmi? Dachamizda issiq suv muammoroq bo‘lganligi sababli erdan chiqayotgan sovuq suvda g‘usl olishga to‘g‘ri keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu basseynnig kichik-kattaligiga bog‘liq. Basseynning yuza sathi 100gaz(1 gaz 46sm) bo‘lsa, unga tushgan najosat suvni najosat qilmaydi. Basseyn doira shaklida yoki to‘rt burchak bo‘lashidan qat’iy nazar. Yuza qismi tahminan 21 (4.6 x 4.6)metr bo‘lsa tushgan najosat uni nopok qilmaydi. Agar undan kichik bo‘lsa cho‘milgandan keyin qayta g‘usl qilib olish kerak. Agar tozalanib ya’ni suv bir tomondan kirib boshqa tomondan chiqib turilsa, undan kichik hajmda bo‘lsa ham zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar