Yo‘lkira to‘lamagan edim, pulini sadaqa qilsam bo‘ladimi?

xazrat. 1. Moskvada yurganimda Juma kuni umuman pulim qolmadi. Faqat metroga yarasha bor edi. Sharoitimizxam biroz murakkabroq, ham sovuq, hujjatlarim yo`q (bunga acha pul ketar ekan va bazi noshariy xolatlardan uzoqlashmoqchi bo‘lib faqat ketish payiga tushib qolgandim), tavakkal qildimda Kazaniskiygacha eliktirichkada biletsiz borishga qaror qildim. Shunki albatta pul topib kassagaga topshirish sharti bilan. Keyin u yog`iga metroda etib oldim. Keyinchalik pul topilganda kassirni oldiga borib, ruschani uncha bilmayman, amallab tushuntisam ham pulni olmadi. Menimcha poraxo‘rlikka qarshi kurash kuchli shekli. Keyin o‘sha kuni yo`lda bosgan masofamni tahminan hisobladimda o‘shancha pulga, garchi ishlatmasamda, ularni hisobiga pul o‘tkazish maqsadida bilet oldim. Keyin tashlab yubordim. Shunday qilsa bo‘ladimi? 2. Bir tanishim, metrodan nuqul sakrab yurar ekan. Keyin hatolarini to‘g`irlash uchun kassaga borsa undan ham olmapti. Keyin sadaqa qilib yuboripti. U ham to‘g`ri qilganmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sadaqa qilish to‘g‘ri.

26 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar