Onaning qornidagi qiz nikohlanib qoladimi?
Ta’sufki ko‘p ota-onalar o‘z farzandlarini uylashda avval bo‘lajak kelin kuyovni unashtirib so‘ng to‘y hashamatli o‘tsin deb bir necha yilga bu ikki yoshning nikohini ortga surishadi. Natijada oraga shaytoni la’nat tushib, Ota – onalaridan Islomiy tarbiya olmagan, ammo o‘zlarini musulmon deb biladigan bu yoshlar gunoh ishlarga botib qolmoqda. Ba’zilari bo‘lsa nikohdan oldin xomilador bo‘lib qolishmoqda. To‘y shu manzilgacha ortga surilib keladi va shoshilinchda bazim o‘tqazilib shu orada nikohlovchiga bildirmay ikki yosh nikohdan o‘tkaziladi. Eshitib qoldimki agar ona qornida qiz farzand bo‘ladigan bo‘lsa u ham onasi bilan birga nikohlanib qoladi deb. Shu rostmi? Nojoiz savolim uchun uzr so‘rayman. Har-xil mish-mishlarga quloq solib uni tarqatadigan odatim yo‘q, ammo bu borada o‘ylanib qoldim. Chunki bola ham ona qornidaligida onaning bir bo‘lagi bo‘ladi-ku. Ilmsizlik qilib savolda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, siz aytgandek ishlar juda ham yomon. Ulkan gunoh! Ammo onaning qornidagi qiz nikohlanib qolmaydi.
26 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar