Jamoat zikri

Assalamu alaykum.Zikrni jamoat bulib kilinishi xakida ukigan edik. Lekin raksga tushgandek kul,oyok elkalar bilan xarakatlanish orkali jur bulib zikr kilish,shariatimizd bormi.Bunday xolatda zikr kilsa gunox bulmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Raqsni muboh degan so‘fiylardan Abu Abdurrohman as-Silmiy va imom G‘azoliylardir.Raqsni joiz deganlarning dalillaridan biri imom Buxoriyning rivoyatlaridagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga «Men sendanman, sen mendansan», deganlarida u kishining xursandchilikdan bir oyoqlarini ko‘tarib, ikkinchisini tushirib sakraganlari.Ikkinchi dalil Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Zayd roziyallohu anhuga «Sen birodarimiz va mavlomizsan», deganlarida u kishining xursandchilikdan bir oyoqlarini ko‘tarib, ikkinchisini tushirib sakraganlari.Uchinchi dalil Oisha onamiz roziyallohu anhoning habashlarning raqsini tomosha qilganlari.Ammo ulamolar bu gaplarni qat’iyan rad qiladilar. Ibn Javziy va al-Javhariylar, xursandchilikdan bir oyoqni ko‘tarib, ikkinchisini tushirib sakrash va habashlarning o‘yini raqs emas, xursandlikni ifoda etuvchi engil harakatdan boshqa emas, deganlar.Imom Molikdan raqs tushadigan mutasavviflar haqida so‘ralgandan «Ular go‘dakmi yoki jinnimi?! Ahli Islomdan birortasi buni qilishini eshitganimiz yo‘q», deganlar.Biz o‘zimizdan qo‘shamizki, yuqoridagi uch dalilni raqsga dalil deb faraz qilgan chog‘imizda ham zikr uchun raqs bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Axir o‘zi uchun xursandchilik xabarni eshitgan odamning quvonchidan sakrashi va iyd kuni harbiy mashqqa o‘xshash o‘yinni Alloh taoloni zikr qilishni raqs ila ijro etishning orasida farq bo‘lishi kerak-ku! Ibn Qudoma al-Maqdisiy samo’ haqida quyidagilarni yozadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ham, u zotning sahobalarining birortasidan ham bu noma’qul yo‘lga yurganlari naql qilinmagan. Hech ham kechasi tong otguncha samo’ bilan Alloh taologa qurbat qilinmagan. Hech kim, kim raqs tushsa, unga buncha savob bo‘ladi, degani yo‘q. Hech kim, qo‘shiq qalbda iymonni o‘stiradi, degani yo‘q. Hech kim yoshlarni eshitmagan yoki ularni eshitishda ajr bor degani yo‘q!»Samo’ning mazammati haqidagi fuqaholarning fatvolari juda ham ko‘p. Ularni qayta-qayta takrorlab o‘tirmaymiz. Ming afsuslar bo‘lsinki, o‘sha ko‘pchilikning malomatiga sabab bo‘lgan holat hozir ham ba’zi bir joylardan davom etib kedmoqda. Ammo bizning diyorlarimizda asosan Naqshbandiya tariyqati tarqalgani uchun bu narsalar tarqalmay qolgan. Bu erlarda samo’dan ba’zi baytlarni musiyqosiz ohang bilan aytish bor. Buni esa, hozirgi zamonimizda tasavvufda ko‘pgina ilmiy ishlar olib borgan kishilar ham joiz narsa sifatida e’tirof qiladilar.Ustoz Sa’id Havva rahmatullohi alayhi o‘zining «Tarbiyatunar ruhiya» nomli kitobida quyidagilarni yozadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalar bilan o‘tkazgan hayotlari davomida ish davomida «hadaa» ma’lum narsa bo‘lgan. (Hadaa-she’rni hirgoyi qilish). Ba’zilar yurib ketayotib hadaa aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham hadaada ishtirok etganlar. Sahobalar she’r aytar edilar. O‘sha she’rlarning ba’zilari ohang bilan aytilar edi. Ba’zilarini qizlar, ba’zilarini erkaklar ish va yurish davomida aytganlar.Ammo sahoba roziyallohu anhumlarning doimiy bo‘lmasa ham, g‘olibo samo’lari Qur’oni Karim bo‘lgan. She’r aytish yoki o‘qish bo‘lgan. Lekin, asosan dam olish payti, xursandchilik va to‘y munosabatlari ila bo‘lgan.Ibn Kasir, Ibn Murdavayhi va Nasaiylar Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Sizlarning birortangizni zinhor bir oyog‘ini ikkinchisi ustiga qo‘yib olib, qo‘shiq aytayotganini ko‘rmay. Baqara surasini o‘qimay qo‘ymasin. Shayton Baqara surasi o‘qilgan uydan qochadi. Albatta, uylarning eng kichigi Allohning kitobidan xoliy bo‘lganidir», deganlar.Bu esa sahobalar hayotida asosiy samo’ Qur’oni Karim bo‘lganini bildiradi.

27 May 2022, 05:48 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar