80 yoshli ayoldan namoz soqit bo‘ladimi

Assalamu alaykum! Bir gap eshitdim ayol kishi 80 yoshga to‘lgandan keyin namoz o‘qimasa xam bo‘ladi nomai a’moli yopiladi degan. Meni buvim yoshlari 86da avval doim namoz o‘qib ro‘za tutardilar xozir sog‘liklari xollari yaramaydi. Bir kishi shu tepadagi gapni aytgan edi bu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha gapni aytgan odam o‘zicha dinga yangilik kiritibdi. Iymoniga ehtiyot bo‘lsin kofir bo‘lib qolishi xavfi bor. Chunki Alloh farz qilgan narsani boshqa hech kim bekor qilolmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar