olib sotarlar

Hurmatli Shayx hazratlari Meni savolim olib sotarlar haqida. Bu biznes turi bizda ancha rivojlangan masalan: mashina oldi sottisida, valyuta ayrboshlash va boshqa soxalarda, yaqinda futbol buyicha O‘zbekiston terma jamoasi uyinlari bo‘ladi va bo‘lib utdi, stadionga tushib uyinni kuraman diganlarga biletlar yo‘q, barchasi olib sotarlar kulida (uzini narxidan 5-6 barobar qimmat narxda 30 000/150 000). Bu muammoni kitob sotib olmokchi bo‘lganimdayam kurdim, Sizning «Ijtimoiy Odoblar» kitobingizni kitob do‘konlarizdan topolmadim sotilib bo‘libdi, Chorsudagi kitob do‘konlarida esa 27 000 narxida sotishmokda ekan aslida 17 000 dan chikgan kitobni (Aslida kitoblar bundanda kupiga loyik lekin…). Dinimizda bunday biznesga kanday karaladi, bu halol kasbmi yoki…? Agar harom busla Biz olib sotarlardan mahsulot sotib olsak biz ham ularga sherik bulamizmi (gunohiga)? Biletlar muammosidan kegin barcha futbol muxlislari olib sotarlarni lanatlash (kargash) bilan ovora, bizni ularni yomon kurishga xakkimiz bormi? Bunday xolatlarni oldini olish uchun nima qilishimiz kerak? Javobingizni kupchilik kutmokda!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday ishlar muruvvatsizlik, hojatmandlikni o‘z foydasiga ishlatish kabi salbiy axloqqa mansublik hisoblanadi. Aslida savdo ikki tarafning roziligi bilan bo‘ladi. Tannarxning uchdan biridan ko‘p qo‘yish odobsizlik bo‘ladi. Bu odobsizlik va muruvvatsizlik bo‘yicha diniy kitob chayqovchilari birinchi o‘rinda turishadi. Ular kitob yangi chiqqanda ko‘plab olib qo‘yib narxni sun’iy ravishda ko‘tarishga urinadilar va shunday bo‘ladi. Buni shariatda ehtikor deyiladi. Ehtikor esa, haromdir.

26 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar