Ishlasam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Internetda «Offerum, Baskit, M1shop» va shunga o‘xshagan juda ko‘plab saytlar bor, bu saytlar dunyoning juda katta online bozorlar AliExpress va hokazolar bilan hamkorlikda ishlaydi. Siz yuqorida aytib o‘tgan saytlarda online bozorning mahsulotlari turadi, har bir mahsulotni pastida linki turadi, har bir odamga alohida link va o‘sha linkingizda boshqa birov kirib, o‘sha mahsulotni sotib olsa sizga o‘sha mahsulotdan qanchadir foizi sizga beriladi. Bizning vazifamiz o‘sha mahsulotni reklama qilib pastiga o‘zimizni linkimizni qo‘yish. Bunda ishlashimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Reklama qilganingiz uchun haq olishingiz joiz. Halol mahsulot bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar