Sa’laba ibn Abdur Rahman
Bir hadisni eshitgan edim, lekin hadisni topa olmadim. Sa’laba ibn Abdur Rahman ( Hadis mazmuni : Jobir (ra) dan rivoyat qilishlaricha Sa’laba ibn Abdur Rahman musulmon bo‘lganidan keyin Payg‘ambarimizga xizmat qilardi. Va Payg‘ambarimiz (sav) Sa’laba ibn Abdur Rahmani bir ishblan jo‘natdilar. Ansorlardan birini uyini o‘tayotip chomilayotgan ayolga ko‘zi tushdi. Shunda u endi Payg‘ambarga Alloh men haqimda aytadi deb toqqa boradi. Shunda Payg‘ambarimiz (sav), Umar ra va Salmoni ra ni Sa’labani topishga yuboradilar. Qaytib kelib uni topa olmagan liklari haqida aytishadi. Payg‘ambarimiz (sav) shahar tashqarisidan qidirishni so‘raydilar va birjoyga borganlaridan odamlar bir yosh yigit haqida so‘rayapsizlarmi deyishadi shunda Umar va Salmonga kechgacha kutishni va u bola kech tushib sut olib ketishini aytishadi. Kech tushadi bola yig‘i sirab keladi. Shunda Salaba Umar va Salmoni ko‘rim qo‘rqib qoladi. Shunda ular biz bilan kel seni Payg‘ambarimiz sav so‘rayaptilar deydi. Sa’laba ibn Abdur Rahman, Alloh men haqimda Rasuliga vahiy yubordimi deb so‘raydi. Ular biz bilmaymiz deyishad. Sa’laba uyiga qaytgandan keyin. Payg‘ambarimiz uni ko‘rishga keladilar, shunda Sa’laba ibn Abdur Rahman ko‘zidan yosh oqib Alloh sizga men haqimda oyat keltirdimi deb so‘raydi, shunda Payg‘ambarimiz yo‘q deydilar. U yig‘lashda davom etdi, shunda payg‘ambarimiz unga yaqin o‘tirib, boshini muborak tizzalariga qo‘ydilar. Sa’laba Payg‘ambarimizga men boshi to‘la gunohkorni boshini tizangizdan ko‘taring men bunga loyiq emasman deydi. Shunda Pyg‘ambarimiz, nimani xoxlaysan e Sa’laba deydilar. U men Allohnig rahmidan so‘rayman, uni meni kechirishini so‘rayman deydi. Payg‘ambarimiz u uchun duo qiladilar. Shunda u to‘sadan vafot etadi. Payg‘ambarimiz uni yuvadilar, va qabirga borayotganlarida oyoq uchlari bilan yurub boryotganlarida Umar ra so‘raydilar E Muhammad Sav shuncha joy bo‘lsa ham nega oyoq uchida yuribsiz? Payga’ambarimiz Umarga bu mayit uchun kelgan farishtalrni ko‘pligidan dedilar ) Men hadisni qidirib ko‘rdim, lekin uni bazi odamlar aytayotganini va boshqacha mazmunda ham kelishini topdim. Hadis haqida malumot bersangiz. ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu rivoyat Jome’ul Ahodis, Kanzul Ummol, Ma’rifatus Sahoba nomli kitoblarda kelgan.
26 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 179 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu rivoyat Jome’ul Ahodis, Kanzul Ummol, Ma’rifatus Sahoba nomli kitoblarda kelgan.
26 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 179 | Hadislar