Avtomobilni nasiyaga sotish sharti

Fikx. Uz dagi "Egalik bilan yakunlanuvchi ijara" mavzusini ukib chikdim, ammo fikx ilmini bilmaganim sababli anik xulosaga kela olmadim, mendagi shartnoma haqida noto‘g‘ri xulosa chikarib kuyishdan kurkmokdaman. Iltimos, Hazrat, mening shartnomamni noto‘g‘ri kismi bo‘lsa aytsangiz, tugirlab kuysam. Shartnomam kuyidagidan iborat: Men “taqsit savdosi” ga binonan Oluvchiga pulini 50 oyda 400 dan bo‘lib to‘lash sharti bilan bir avtoulovni sotdim. "Agar tulovni vaktida tulamasang avtoni olib kuyaman va tulagan pullaring ham kuyadi" shartini olib tashladim. Agar tulay olmay kolsa avtoni sotib menga qolgan kismini tulaydi, ortgani uziniki bo‘ladigan bo‘ldi. Ikki tomon rozi bo‘ldik. Xozirda avto uning tulik ixtiyorida, ammo mulkni rasmiylashtirish (notarius orkali) tulov oxirida bo‘ladi. Shu xolatlar joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz.

26 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar