Buni xukmi kanday bo‘ladi
Assalomu alaykum xazrat. Allox umringiz va ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Ustoz ruxsat bersangiz otamning iltimosi ila sizdan bir narsa so‘ramokchiman. Otam duradgorlar, Alloxga shukur 3-4 yil bo‘ldi kozogistonni Atirav shaxrida ishlaydilar. yonida 3 kishi bilan birga ishlaydilar. Lekin u kishilar usta emas, uzlari mustakil bir ishni yakunlasha olishmaydi. Otam ishni topadilar, pulini gaplashadilar (masalan 1000 so‘mga, bazi xollarda ishchilarni xabari bo‘lmay qoladi), ish tugagach ishchilarga xakkini oylik sifatida beradilar (xar bir ishchiga 200 so‘mdan, xammasi 600 so‘m bo‘ladi). Qolgan pulni ichida ish davomida ketadigan ozik-ovqatlarni puli xam bor. Ustoz bu ishda ishchilarni o‘zlari rozi bo‘lib kelishadi (xammalari rozi), xali shu paytgacha norizolik bo‘lmadi. Yana bir tomoniki u ishchilarni o‘zlari mustakil u joyga borib ishni topib yoki topganda xam u ishni mustakil kila olishmaydi. Xamma masuliyat otamni zimmasida bo‘ladi (oziq-ovqat, ishni topish, pulini gaplashish uni topshirish va boshqalar). Otamni shu topgan puli xalolmi. Shu o‘rinda ishchilarni otam bilan bir xil xaq olishga shariatda xaqlari bormi.Ustoz iltimos kengroq qilib tushuntirib bering, agar siz savolni batavsil tushunmagan bo‘lsangiz yana bir bor batavsil yozishim mumkin. Allox bizdek ojiz bandalarga berayotgan yordamiz uchun sizni firdavs jannatlariga kiritsin (Omin).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Otangiz berkitmasdan ishchilar bilan shartnoma qilib, ular rozi bo‘lib ishlashsa, joiz. Misol uchun oylik yoki ish bay qilib oldindan kelishib olishlari kerak.
6 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 124 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Otangiz berkitmasdan ishchilar bilan shartnoma qilib, ular rozi bo‘lib ishlashsa, joiz. Misol uchun oylik yoki ish bay qilib oldindan kelishib olishlari kerak.
6 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 124 | Halol va harom