Mahsulotga necha foiz daromad miqdori qo‘shsa bo‘ladi?
Erkaklar liboslari savdosi bilan shug‘ullanmoqchiman, tijorat mollari 120 km (Toshkent – Guliston) masofadan olib kelinadi. Do‘kon ijarasi va boshqa to‘lovlar(shartli ravishda) 1 mln so‘m. Tijorat mollari turlari: 1. Oyoq kiyim – mavsumiy oyoq kiyimlarning barcha turlari (“tufli, tapochka, etik, paypoq”); 2. Ustki kiyim – mavsumiy ustki kiyimlarning barcha turlari (ko‘ylak, shim, issiq kiyimlar). Tijorat mollari ko‘tara narxlarda olib kelinadi va do‘konda donalab sotiladi. Misol uchun: 3 mln so‘mlik tijorat mollari olib kelinadi, yo‘l xarajati 100 ming so‘m. Tijorat mollari tarkibi: (misol uchun) 25 dona shim – 40ming so‘mdan 1 mln. 25 dona ko‘ylak – 40ming so‘mdan 1mln. 25 dona oyoq kiyim – 40ming so‘mdan 1mln. Savolim shundan iboratki, bir dona shim, ko‘ylak yoki oyoq kiyimni ko‘pi bilan qanchadan sotishim mumkinligining shar’iy chegarasi va sotish narxini xisoblab chiqarish usuli qanday? Shu masalani aniqlashda amaliy yordam berishingizni so‘rayman va tijorat ishlarida duch keladigan shar’iy masalalarni echishda qo‘llanma bo‘ladigan adabiyotlarning nomini ilova qilishingizni iltimos, qilaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Savdoda chegara yo‘q. Ikki tomonning roziligi shart. Odob yuzasidan sarmoyaning uchdan biridan ortiq foyda olmasa yaxshi bo‘ladi.
26 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Savdoda chegara yo‘q. Ikki tomonning roziligi shart. Odob yuzasidan sarmoyaning uchdan biridan ortiq foyda olmasa yaxshi bo‘ladi.
26 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar