Qaynotam yoki qaynonamdan ubu buyum olsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Menga to‘y xashamda yoki bir tadbir bo‘lsa qaynotamdan yoki qaynionamdan bir sovg‘a keladi. To‘g‘risi olishga iymanaman va qandaydir aytish qo‘pol bo‘lsada erkaklik g‘ururi yo‘l qo‘ymaydi. Lekin baribir sovg‘a salomlar olib kelaverishadi, sababi 1ta qiz bo‘lgani bo‘lsa kerak. Lekin Alloh guvoh birorta narsa talab qilmaganman, ayolimdan hattoki birorta bir shu mavzuga piching xam qilmaganman. 1-2 sovg‘alarini qaytarib yubordim. Shunda mendan xafa bo‘lishibdi. Savolim shundan iborat: shari’at nuqtai nazaridan ayolim tarafdan kelgan narsalarni olishim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz, lekin olmaganingiz ma’qul. Arablarda “Hadya tila va qo‘l oyoqni bog‘laydi” degan maqol bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar