Tug‘ishi kechikayotgan ayollar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, homilador ayol tug‘ish vaqti o‘tib qolsa ya’ni 9 oy 9 kundan o‘tib 10 oylik bo‘lib qolsa, lekin tug‘masa, shunda ayollarni ko‘prik ostidan o‘tkazish irimi bor. Shu ishlari shirkni kichik bir turi emasmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish gunoh. Bolani kechikishiga kelsak Ibn al-Qoyyim rahmatullohi alayh “Tuhfatul mavdud biahkaamil mavluud” kitobida onaning qornidagi bolaning tug‘ilishi besh yilgacha kechikishi ham mumkinligini aytganlar va dalilarini ham keltirganlar. Bundan tushkunlikka tushmaslik kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar