Xizmat haqi olish
Assalomu alaykum! Men ishlaydigan joyda ishimni qilishim vazifaligi belgilab qo‘yilgan. Agar shuni bajarsam tadbirkorlar "rahmat" aytib ketishadi. Aslida o‘shani bermasalar ham men shu ishni qilib beraman. Aytingchi shu pullar halol hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!
PORA HAROMDIR
Abu Xumayd roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: «Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam asadlik Ibn Lutbiyayata deb ataladigan kishini zakotga omil qildilar. Bas, u (qaytib) kelganda, mana bu sizlarga, mana bu esa menga hadya qilindi, dedi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam minbarda turib xutba qildilar; Allohga hamdu sano aytdilar va: «Men yuborgan omilga nima bo‘ldiki, mana bu sizlarga, mana bu esa menga hadya qilindi, deydi! Agar u otasining yoki onasining uyida o‘tirganida ko‘rardi, unga hadya berilarmikin yoki berilmasmikin! Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, sizdan kimki o‘shandan biror narsa olsa, albatta qiyomat kuni uni bo‘ynida ko‘tarib keladi. Tuya bo‘lsa pishqirib, sigir bo‘lsa bo‘kirib, qo‘y bo‘lsa ma’rab turadi, dedilar. So‘ngra ikki qo‘llarini ko‘tardilar, xattoki qo‘ltiqlarining oqlarini ko‘rdik. So‘ngra ikki marta: «Allohim! Etkazdimmi?!» dedilar.Uchovlari rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharifda pora olish harom ekanligi haqida so‘z ketmoqda. Ammo, bu hukm qog‘ozdagi yoki qonun chiqaruvchi tomonning quruq gapi emas, boshqa Islomiy hukmlar kabi hayotiy tajribaga yo‘g‘irilgan holda, tatbig‘iga aralashgan holda sodir bo‘lmoqda. Bu esa, Islom hukmi quruq xayol yoki turli farazlardan xoliy, hayotiy tajribalar ila tasdiqlangan voqe’iy hukm ekanligiga yorqin dalildir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Bani Asad qabilasiga mansub Ibn Lutbiyayata ismli kishini omili sadaqa-zakot oluvchilik vazifasiga ta’yin qildilar. Amaldor bo‘lib olgan Ibn Lutbiyayata roziyallohu anhu o‘z ish joylariga, zakotini yig‘ib olishi lozim bo‘lgan diyorga jo‘nab ketdilar. Ma’lum vaqt o‘tib, ishni bajarib qaytib keldilar. Yig‘ib kelgan zakotni xazina-baytul molga, mana bu sizlarga, deb topshirdilar. Ammo, u kishining huzurida topshirilgan molu-mulkdan tashqari yana ba’zi narsalar qoldi. Ibn Lutbiyayata roziyallohu anhu o‘sha qolgan narsalar nima ekanligini bayon qilib, mana bu esa, menga hadya qilindi, dedilar. U kishining fikricha, hadya olishga haqlari borligidan ana shundoq tasarruf qildilar. Birov o‘z ko‘nglidan chiqarib berganidan keyin bo‘laveradida. Zakotni to‘liq olib kelib topshirilgan bo‘lsa, hadyani mol egasi o‘z ixtiyori bilan bergan bo‘lsa, nima uchun olmasin?! Har bir jamiyatda, har bir tuzumda, har bir shaxs xuddi shundoq o‘ylaydi. Ammo, Islomda undoq emas. Shuning uchun ham, Allohning elchisi, Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam Ibn Lutbiyayata roziyallohu anhuning mazkur gaplarini eshitishlari bilan darhol o‘rinlaridan turdilar va minbarga chiqib ko‘pchilikka bu haqdagi ilohiy hukmni bayon qilishga o‘tdilar. Avval odatdagicha gapning boshida Alloh taologa hamdu sano aytdilar. Keyin esa asosiy maqsadga o‘tdilar:«Men yuborgan omilga nima bo‘ldiki, mana bu sizlarga, mana bu esa menga hadya qilindi, deydi!»Gapning siyog‘idan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Ibn Lutbiyayata roziyallohu anhuning qilgan ishlari, aytgan gaplaridan qattiq hayojonga tushganlari ochiq oydin bilinib turibdi. Xutbaning davomida bu holat yanada ochiq-oydin yangradi: «Agar u otasining yoki onasining uyida o‘tirganida ko‘rardi, unga hadya berilarmikin yoki berilmasmikin!»Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam amalining ishga solib hadya olgan qiyomat kuni o‘sha olgan narsasi tufayli albatta jazoga tortilishini Allohning nomi ila o‘z muborak nomlarini va qimmatli jonlarini oraga qo‘shib qasam ichib takidlab turib bayon qilmoqdalar: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, sizdan kimki o‘shandan biror narsa olsa, albatta qiyomat kuni uni bo‘ynida ko‘tarib keladi. Tuya bo‘lsa pishqirib, sigir bo‘lsa bo‘kirib, qo‘y bo‘lsa ma’rab turadi».Qiyomat kuni o‘z dahshati bilan hammayoqni qamrab olgan. Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Otaning bola bilan, bolaning ota bilan, onaning qizi bilan, qizining ona bilan, erning xotin bilan, xotining er bilan, ishi yo‘q. Hamma o‘z najotini ko‘zlab, zorlanib, ko‘zlari qo‘rqinchga to‘lib turibdi. Qilcha bo‘lsa ham najot arqonini izlamoqda, qilcha bo‘lsa ham yomonlik alomatidan qo‘rqib turibdi. Shunday bir paytda, bu dunyoda poraga tuya olgan bo‘ynida pishqirib turgan tuyani arang ko‘tarib, qomati bukilib, ishi rasvo bo‘lganidan o‘kinib, zor-zor yig‘lab kelmoqda, uning yonida boshqa biri bo‘ynida bo‘kirib turgan sigirni yana boshqasi ma’rab turgan qo‘yni ko‘tarib kelmoqda... Demak, bularnig so‘roq-savoli, hisob-kitobi, dalil-guvohi o‘zlari bilan.Albatta, tuya, sigir va qo‘ylar o‘sha vaqtda zakotga omillarga berilishi ehtimoli kuchli poralar sifatida zikr qilinmoqda. Mazkur hayvonlardan boshqa narsalarni, jumladan pulni olganlarga ham o‘ziga yarasha sharmandali holat bo‘ladi. Ularning barchalari o‘z jazolarini albatta oladilar. Mazkur hukm Payg‘ambarimiz tomonidan etkazilishi kerak bo‘lgan ilohiy hukm edi. Shuning uchun ham uni etkazib bo‘lib Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam:«Ikki qo‘llarini ko‘tardilar, hattoki qo‘ltiqlarining oqlarini ko‘rdik. So‘ngra ikki marta: «Ey, bor Xudoyo! Etkazdimmi?!» dedilar.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning Alloh taologa yolborib ikki qo‘llarini qo‘ltiqlari oqi qo‘ringuncha baland ko‘tarishlari va ikki marta, qayta-qayta, Ey, bor hudoyo! Etkazdimmi?!, deyishlari ish qanchalar muhim ekanini yana bir bor ta’kidlaydi. Demak, qiyomat kunidan umidi bor har bir shaxs pora olmasligi kerak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bir kuni ichimizda turib «g‘ulul»ni zikr qildilar. Uning o‘zi ham, ishi ham og‘ir ekanini aytdilar. So‘ngra:-Sizlardan birortangiz qiyomat kuni bo‘ynida pishqirib turgan tuyani ko‘tarib kelib, ey Allohning Rasuli, meni qutqaring!, deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq, senga etkazgan edimku!, deb yurmayin. Sizlardan birortangizni qiyomat kuni bo‘ynida kishnab turgan otni ko‘tarib kelib, Ey Allohning Rasuli, Meni qutqaring!, deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq, senga etkazgan edimku!, deb yurmayin.Sizlardan birortangizni qiyomat kuni bo‘ynida ma’rab turgan qo‘yni ko‘tarib kelib, ey Allohning Rasuli, meni qutqaring!, deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq, senga etgazgan edimku!, deb yurmayin.Sizlardan birortangizni qiyomat kuni bo‘ynida qichqirib turgan jonni ko‘tarib kelib, ey, Allohning Rasuli, meni qutqaring!, deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq senga etkazgan edimku! deb yurmayin.Sizlardan birortangizni qiyomat kuni bo‘ynida hilpirab turgan kiyimni ko‘tarib kelib, ey Allohning Rasuli, meni qutqaring!, deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq, men senga etkazgan edimku! deb yurmayin. Sizlardan birortangizni qiyomat kuni bo‘ynida jim turuvchi (tillo-kumush)ni ko‘tarib kelib, Ey Allohning Rasuli, meni qutqaring! deganini ko‘rmayin. O‘shanda, men sen uchun biror narsaga molik emasman. Batahqiq senga etkazgan edimku! deb yurmayin», dedilar.Boshqa bir rivoyatda: «Ey odamlar! Sizlardan kim bir ish uchun bizga omil qilinsa va bizdan biror ignami yoki undan kattaroq narsanimi berkitsa, o‘sha g‘aluldur. Qiyomat kuni uni keltirur», deyilgan.Ikkovini Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan. Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam noshar’iy yo‘l bilan daromad ortdirishning oddiy o‘g‘rilikdan bir necha marta og‘ir gunoh ekanligini takror-takror aytib, uning oqibati nima bo‘lishini ochiq oydin bayon qilib qo‘yganlar. Shundan keyin ham mazkur gunohga qo‘l urgan odam qiyomat kuni o‘zidan ko‘raveradi. O‘sha dahshati go‘daklarning sochini oqartirib yuboradigan hisob-kitob kunida u o‘z olgan narsasini, tuyamidi, otmidi, molmidi, qo‘ymidi yoki boshqa biror tirik jonmidi, yo bo‘lmasa kiyiladigan kiyimu tilla-kumush, jaraq-jaraq pulmidi hamma-hammasini bo‘ynida ko‘tarib keladi va o‘ziga yarasha jazosini oldi.Islomda pora olish harom qilib qo‘yilishi qanchalik hikmatli ekanini hayot tajribasi qayta-qayta tasdiqladi. Shaxsiy boylik ortdirishga o‘rgangan haromxo‘r o‘zi uchun keladigan bir tiyinlik shaxsiy foyda uchun jamoatchilikning million so‘mini qurbon qilishga doimo tayyor turadi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam meni Yamanga (ishga) yubordilar. Jo‘nab ketganimdan keyin orqamdan odam yubordilar. Qaytarib kelindim. Shunda U zot:«Senga nima uchun odam yuborganimni bilasanmi? Mening iznimsiz biror narsani olmagin. Chunki, u g‘ululdir. Kim g‘ulul olsa, qiyomat kuni g‘ulul olgan narsasi ila kelur. Shuning uchun seni chaqirgan edim. Endi ishinga ketaver», dedilar.Termiziy rivoyat qilgan.Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam o‘z odamlaridan biri Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yaman viloyatiga voliy etib ta’yinladilar. Muoz roziyallohu anhu jo‘nab Yamanga qarab yo‘lda ketayotganlarida ortlaridan odam yuborib qaytartirib oldirib keldilar. Qayta ta’yinlanishi lozim, davlat ahamiyatiga molik o‘ta muhim gap bor edi. U gap quyidagicha:«Mening iznimsiz biror narsani olmagin. Chunki u g‘ululdir Kim g‘ulul olsa, qiyomat kuni g‘ulul olgan narsasi ila kelur».Demak, ta’yinlangan haqdan boshqa narsani olish mutlaqo mumkin emas. Agar iznsiz biror narsani olsa, avvalgi hadisda aytilganidek, ignacha narsani olsa ham, qiyomat kuni javob beradi.Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuga qayta ta’yinlamoqchi bo‘lgan muhim gap shu edi. U zotning boshqa hech qanday gaplari yo‘q edi. Bu ma’noni U zot sallollohu alayhi vasallamning o‘z gaplari so‘ngida.«Shuning uchun seni chaqirgan edim. Endi ishingga ketaver», deganlaridan ham bilib olamiz.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».Abu Dovud, Ahmad va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilgan.Pora arab tilida rishva deb atalib, shar’iy istilohda, haqni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga aytiladi. Misol uchun birovning bir narsada haqi bor, o‘sha haqni olish uchun hukmia qarab turibdi. Ikkinchi bir odam kelib o‘zi haqdor bo‘lmasa ham pora berib, o‘z foydasiga o‘sha narsani berishni so‘raydi. Ko‘rinib turibdiki, bu holatda pora beruvchi ham, pora oluvchi ham nohaq ish qilmoqda, birovning haqqiga xiyonat qilib o‘z foydasini ko‘zlamoqda. Ushbu harom ishni qilganlari uchun Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ikkovlarini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir. Chunki, la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Allohdan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum.Odatda pora oluvchini qoralash ma’nosida ko‘p gapiramizu, pora beruvchi to‘g‘risida gapirmaymiz. Holbuki, ushbu hadisi sharifdi pora beruvchi oldin zikr qilinmoqda. Chunki, pora deb nomlangan iqtisodiy, axloqiy, ijtimoiy jinoyatni boshlovchi pora beruvchidir. Boshqa hollarda ko‘proq tama’ qilgani uchun pora beruvchi majbur bo‘lib berganini etiborga olganga o‘xshab ko‘rinamiz. Ammo o‘sha «majbur» bo‘lish ham ikki xil bo‘ladi. Bu holda pora beruvchini qandoq qilib uzrli deya olishimiz mumkin? Hech mumkin emas. Undoq pora beruvchi pora oluvchiga qo‘shilib la’natga duchor bo‘lishida hech shubha yo‘q. Ikkinchi holatda pora beruvchi poraxo‘rning tamasi tufayli o‘z haqqiga erishish uchun pora berishga majbur bo‘ladi. Ba’zi tobeinlar va ulamolar ushbu holatda pora beruvchi uzrli hisoblanadi, la’natga uchramoqligi umid qilinadi, deganlar. Lekin, boshqa ba’zi ulamolarimiz bu holatda ham pora beruvchi uzrli hisoblanmaydi, deganlar. Ushbu masalada kelgan boshqa hadisi sharifda uchunchi bir shaxs-pora beruvchi bilan pora oluvchi o‘rtasida turgan vositachi ham la’natlangan.Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Alloh pora beruvchini, pora beruvchini va ikkovlari o‘rtasida yuruvchi porasini la’natlasin», deyilgan.Poraxo‘rlik qanchalik yomon illat ekanini hamma yaxshi biladi. Hammadan ham ko‘ra bu ishning yomonligini musulmonlar yaxshi biladilar. Chunki, bu ish ular uchun nafaqat bu dnyoga, balki, oxiratga ham tegishli masaladir. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinkim, ko‘pgina jamiyatlarda insonlar poraxo‘rlik balosidan jafo chekmoqdalar. Poraxo‘rlik tufayli botil haqning ustidan, nopoklik poklik ustidan, zulum adolat ustidan, xiyonat omonat ustidan, xaromxo‘rlar pokiza insonlar ustidan g‘olib kelmoqdalar.Insonlar bu balodan qutilishlari uchun Allohning bekamiko‘st, mukammal dini Islomga yuzlanishlari lozim. Ana shundagina boshqa ko‘plab muammolar qatori poraxo‘rlik muammosi ham tugab bitadi, inshaalloh. Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/6066
28 Aprel 2022, 23:46 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat