Falsafa xaqida

Men yaqinda Chet ellik faylasuf Jim Ron ning g‘oyalaridan ba’zilarini o‘qib qoldim. Odamlarni o‘ziga jalb qilib, ularni o‘y-fikrlarini, hayotini tubdan o‘zgartira olish qobiliyatiga ega ekan. Men falsafa haqida to‘liq malumot olishni istayman, Islomdagi o‘rni, nimalarni o‘z ichiga olishi, falsafiy fikrlarga asoslanib ish tutsa bo‘ladimi va h. ? Bugungi kunda falsafiy g‘oyalar orqali ish tutib, no‘may daromad topishni yo‘lga qo‘yib, xalqni ishontirib ishga taklif qilayotgan “setevoy marketing” degan korxonalar avj olib bormoqda. Xalqqa falsafa haqida ochiq yoritib bermasak, bundan xabari yo‘q odamlar kalloblarning qo‘liga tushib ularning o‘yinchog‘iga aylanmoqda Sizning bir Imom G‘azzoliy haqidagi ma’ruzangizni eshitib, biroz ma’lumot oldim, u kishi falsafa haqidagi haqiqatlarni xalqqa tushuntirib, kitoblar yozgan ekan. Aytmoqchimanki Falsafa va mantiq ilmi borasida, uni keng ma’noda xalqqa tushuntirib beradigan kitob ta’lif qilinsa yaxshi bo‘lardi, vallohu a’lam. Yoki bu borada shogirdlaringiz imom domlalarga shu taklif berilsa ekan deb o‘yladim. Falsafaga bo‘lgan qiziqishim ortganligi sababli buni dinimiz olimlaridan o‘rganganimiz yaxshi deb bildim. Vaktingizni olsam va kamchiliklarga yo‘l qo‘ysam uzr, sizdek olim bilan bevosita muloqotda bo‘lish bizlar uchun, g‘oyibona shogirdlaringiz uchun sharaflidir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kitob bor. Uni yozganimga bir necha yil bo‘ldi. Uning nomi "Aqiyda va unga bog‘liq masalalar".

26 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar