Imom namozdagi qiroatda adashib qolsa

Men mahalliy masjidimizda masjid imomining jamoatga ko‘p qatnashmasligi sababli, imomlikka o‘tib turaman. Jamoat a’zolari shuni ma’qul ko‘rishgan, masjidda mendan yaxshiroq Qur’onni yod olganlar topilmaydi. Men ham tajvidni to‘liq o‘qib bitirmaganmanu, lekin mendan boshqasi umuman tajvid o‘qishmagan, Qur’onning 30-29-porasini yodlab bitirayapman inshaalloh. Savolim shundan iboratki, jamoat bilan farz namoziga turgan vaqtda ba’zan, qiroatda adashib qaysidir oyatni eslolmay qolaman, ba’zan o‘rnini almashtirib yuboraman. Shu xolatda o‘qigan namozimizni hukmi nima bo‘ladi. Gunohkor bo‘lamanmi, namoz zoe bo‘lib qolmaydimi? Batafsil ma’lumot bersangiz iltimos, nima deb so‘rashni ham bilmayapman. Vaqtingizni olsam, kamchiliklarga yul qo‘ysam uzr.  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Adashishning qandayligiga qaraladi. Ma’no buziladigan darajada bo‘lsa, namozni qayta o‘qish kerak bo‘ladi. Tuzatish imkoni bo‘lsa tuzatiladi.

26 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar