Zakot

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar xar bir savolimga berayotgan javoblaringizni o‘qib islom dinimizga bo‘lgan mexrim oshib bormoqda, lekin bilimim kamligi uchun so‘nggi savolimni javobiga yaxshi tushunmadim. Ming bora uzr so‘rab sizlarga yana savol jo‘natyapman. Javobda «bor mablag‘ingizni 40dan biri” debsizlar. Misol uchun 30milion so‘m puli bor inson shu summadan qanchasini zakotga aniq ajratishi kerak? 30mlni 40ga bo‘lib chiqqan summani deb tushunsam judayam kam bo‘lyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri tushunibsiz. Odamlar shuni ham berishmayaptida. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar