Janozadan keyingi amallar

Assalomu alaykum! Har kimdan har xil gap eshitdim. Internetdan ham kimdir bidat kimdir yaxshi dedi. Janozadagi urflar haqida. Mayit ahli o‘lgan insonga atab osh beradi. Shu kun birinchi uch kun isida bermasdan, boshqa kun sanalmagan kunda (1oydan, 3 oydan keyin) bersa bo‘ladimi yoki u insonga atab berish bid’atmi? Ko‘pincha masjidda insonlar o‘lgan xonadonni ertasi kuni bomdoddan keyin hech narsa emagan holatda ziyorat qilib Qur’on tilovat qilinadi. Shu ish bid’atmi yoki inson o‘zi alohida borib taziya bildirish kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iysolu savob va uning hukmi Alloh taoloning quyidagi oyati karimasida savob yo‘llash va mayyit haqqiga duo qilish ta’kidlangan:وَالَّذِينَ جَاءُوا مِنْ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَءُوفٌ رَحِيمٌ “Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, qalbimizda iymon keltirganlarga nafrat solmagin, ey Robbimiz, albatta, sen shafqatli va mehribonsan», derlar” (Hashr 59 oyat).
Ushbu oyatda o‘tganlar haqqiga duo qilishga targ‘ib qilingan. Odatda tasavvuf vakillari o‘tgan salafi solihlar haqqiga duo qilib, savob yo‘llaydilar (Masoilus suluk min kalom malikil muluk). O‘tganlarga badaniy va moliyaviy savob yo‘llash borasida kelgan hadislarعن ابن عباس رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ما الميت في قبره إلا كالغريق ينتظر دعوة تلحقه من أبٍ أو أمٍ أو صديقٍ، وإن الله ليدخل من الدعاء على أهل القبور كأمثال الجبال، وإن هدية الأحياء إلى الأموات الاستغفار لهم  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Mayyit qabrda g‘arq bo‘layotgan kishi kabidir. Otasi yoki onasi yoki do‘stidan unga etadigan duoni kutib turadi. Alloh taolo tog‘day duolarni qabr ahliga etkazadi. Tiriklarni o‘liklarga hadiyasi ular haqqiga istig‘for aytishdir” dedilar” 
(Mushkotul masobih).
Foyda: Ushbu hadisda tiriklarning amallari xoh duo bo‘lsin, xoh moliyaviy toat bo‘lsin, xoh badaniy ibodat bo‘lsin vafot etganlarga naf berishi oshkora bayon etilgan. عن صَالِحِ بْنِ دِرْهَمٍ قَالَ سَمِعْتُ أَبِى يَقُولُ انْطَلَقْنَا حَاجِّينَ فَإِذَا رَجُلٌ فَقَالَ لَنَا إِلَى جَنْبِكُمْ قَرْيَةٌ يُقَالُ لَهَا الأُبُلَّةُ قُلْنَا نَعَمْ. قَالَ مَنْ يَضْمَنُ لِى مِنْكُمْ أَنْ يُصَلِّىَ لِى فِى مَسْجِدِ الْعَشَّارِ رَكْعَتَيْنِ أَوْ أَرْبَعًا وَيَقُولَ هَذِهِ لأَبِى هُرَيْرَةَ سَمِعْتُ خَلِيلِى أَبَا الْقَاسِمِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ «إِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ مِنْ مَسْجِدِ الْعَشَّارِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ شُهَدَاءَ لاَ يَقُومُ مَعَ شُهَدَاءِ بَدْرٍ غَيْرُهُمْ ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ هَذَا الْمَسْجِدُ مِمَّا يَلِى النَّهْرَ  Solih ibn Dirham: “Otam: “Haj qilgani ketayotganimizda bir kishi (etib olib): “Yaqinlaringizda Ibla deb aytiladigan qishloq bormi?” dedi. Biz: “Ha” dedik. U: “Sizlardan kim Ashshor masjidida ikki yoki to‘rt rak’at men uchun namoz o‘qib berishni va bu Abu Hurayra roziyallohu anhu uchun deyishni zimmasiga oladi? Abulqosim sollallohu alayhi vasallamdan: “Alloh taolo qiyomat kuni shahidlarni Ashshor masjididan tiriltiradi. Ulardan boshqalar Badr shahidlari bilan birga qoim bo‘lmaydi” deyayotganlarini eshitganman” dedi” aytayoganini eshitganman” dedi.
Foyda: Ushbu hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu nomlaridan namoz o‘qib, u zotga savobini bag‘ishlash borasida so‘z boradi. Savob yo‘llash borasida ikki ish sobitdir. Ular:
1. Moliyaviy ibodatni savobi vafot etgan odamga etib borgani kabi badaniy ibodatning savobi ham unga etib borishi;
2. Vafot etganga savob etib borgani kabi tiriklarga ham savob etib borishi. Chunki, Abu Hurayra roziyallohu anhuga savob yo‘llanganda, tirik bo‘lganlar (Takashshuf an muhimmatut tasavvuf). عن علي بن أبي طالب قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من مر على المقابر وقرأ قل هو الله أحد إحدى عشرة مرة ، ثم وهب أجره للأموات أعطي من الأجر بعدد الأموات  Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim qabristondan o‘ta turib, qul huvallohu ahadni o‘n bir marta o‘qib, ajrini vafot etganlarga hiba qilsa, unga vafot etganlar adadicha ajr beriladi” dedilar” 
(Jomeul ahodis li Suyutiy). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ ، ثُمَّ قَرَأَ فَاتِحَةَ الْكِتَابِ وَقُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ وَأَلْهَاكُمْ التَّكَاثُرُ ، ثُمَّ قَالَ إنِّي جَعَلْت ثَوَابَ مَا قَرَأْت مِنْ كَلَامِك لِأَهْلِ الْمَقَابِرِ مِنْ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ كَانُوا شُفَعَاءَ لَهُ إلَى اللَّهِ تَعَالَى  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim qabristonga kirib, so‘ng Fotihatul kitob, qul huvallohu ahad, alhakumut takasurni o‘qib, so‘ng: “Inniy ja’ltu savaba ma qaro’tu min kalomika li ahlil maqobir minal mo‘minina val mo‘minaat” desa, ular Alloh taolo huzurida u uchun shafoatchi bo‘ladilar” dedilar” 
(Tabaroniy rivoyati).
Ma’nosi: Kalomingdan tilovat qilgan narsamni savobini mo‘min va mo‘minalardan iborat qabr ahllariga bag‘ishladim. عَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ فَقَرَأَ سُورَةَ يس خَفَّفَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَكَانَ لَهُ بِعَدَدِ مَنْ فِيهَا حَسَنَاتٌ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim qabristonga kirib, “Yasin” surasini o‘qisa, Alloh ulardan engillashtiradi va u uchun u erdagilarni adadicha hasanot bo‘ladi” dedilar”
(Sharhus sudur).
Foyda: Qabristondan o‘ta turib, Kalomullohdan tilovat qilib, savobini yo‘llovchi kishiga ham savob bo‘lishi yuqoridagi hadislarda bayon etilmoqda. Savobini bag‘ishlash bilan bag‘ishlovchiga hech narsa qolmaydi deyish noto‘g‘ri, aslsiz gapdir. Subahanalloh Alloh taolo qanday ham rahmatli zota! عَنْ عَبْدِ اللّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللّهُ عنه قَالَ: بَيْنَا أَنَا جَالِسٌ عِنْدَ رَسُولِ اللّهِ صلى الله عليه وسلم: إِذْ أَتَتْهُ امْرَأَةٌ. فَقَالَتْ: إِنّي تَصَدّقْتُ عَلَىَ أُمّي بِجَارِيَةٍ. وَإِنّهَا مَاتَتْ. قَالَ: فَقَالَ: "وَجَبَ أَجْرُكِ. وَرَدّهَا عَلَيْكِ الْمِيْرَاثُ" قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللّهِ إِنّهُ كَانَ عَلَيْهَا صَوْمُ شَهْرٍ. أَفَأَصُومُ عَنْهَا؟ قَالَ: "صُومِي عَنْهَا" قَالَتْ: إِنّهَا لَمْ تَحُجّ قَطّ. أَفَأَحُجّ عَنْهَا؟ قَالَ: "حُجّي عَنْهَا  Abdulloh ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
“Bir vaqt men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o‘tirgan edim, u zot oldiga bir ayol kelib: “Onamga bir joriyani sadaqa qilgan edim. Onam vafot topdi” dedi. U zot: “Ajring vojib bo‘ldi va uni meros senga qaytardi” dedilar. U (ayol): “Ey, Allohning rasuli uning zimmasida bir oyning ro‘zasi bor edi. Uning nomidan ro‘za tutamanmi?” dedi. U zot: “Uning nomidan ro‘za tut” dedilar. U (ayol): “U hech haj ham qilmagan edi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?” dedi. U zot: “Uning nomidan haj qil” dedilar” (Termiziy rivoyati).
Bu hadis badaniy ibodat savobini bag‘ishlash borasida asldir. Hanafiy mazhabi ham shunga zihob qilgan. U hadisdan bu ro‘zani kifoya qilishi lozim bo‘lmaydi. Chunki, so‘ralingan zotning maqsadi mutloq manfaat etishligi bo‘lishi mumkin. Abu Hurayra roziyallohu anhu ishi, ya’ni bir kishi Ashshor masjidida ikki rak’at namoz o‘qib, bu Abu Hurayra roziyallohu anhu uchun deyishi borasidagi hadis tirik kishiga savobini yo‘llash durustligiga dalolat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda ikkita qurbonlik qilar, birini o‘zlarining nomidan, ikkinchisini ummatlarining nomidan. U zotning bu qilgan qurbonliklari kelajakda keladigan kishilarga ham savobi etishiga dalolat qiladi. Savob yo‘llashning haqiqati Savob etishi uchun avvalo yaxshi ishni qiluvchi amalini xolis Alloh uchun qilib savob hosil qilib olishi lozim. Savob yo‘llangan kishiga savob etishi uchun xoh u vafot etgan bo‘lsin yoki tirik bo‘lsin mo‘min bo‘lishi shartdir. Mo‘min bo‘lmagan kishiga qilingan xayri ehsonlarning savobi etib bormaydi (Imdodul fatavo).
Bir kishi kimgadir biror ishni savobini yo‘llamoqchi bo‘lsa, avval o‘sha ishni qilib savob hosil qilgan bo‘lishi lozim. U ishni qilmay uning savobini yo‘llashi mumkin emas. Masalan, bir kishi g‘arib yoki miskinlarni mehmon qilib savobini bag‘ishlashni xohlasa, miskinlar ovqatni eb bo‘lganlaridan keyin savobini yo‘llashi lozim bo‘ladi. Savobini yo‘llashda duoga qo‘l ko‘tarib xushu’, xuzu’ bilan: “Ey, Allohim meni u amalimni qabul qilib, uni savobini falon, falonlarga etkazgin” deydi. وَيَقْرَأُ مِنْ الْقُرْآنِ مَا تَيَسَّرَ لَهُ. . . اللَّهُمَّ أَوْصِلْ مِثْلَ ثَوَابِ مَا قَرَأْته إلَى فُلَانٍ  “Muyassar bo‘lganicha tilovat qiladi. . . Allohim tilovat qilgan narsamning savobini mislini falonchiga etkazgin (deydi)” (Raddul muhtor). Haq evaziga xatmi qur’on qildirib, savobini bag‘ishlash Shomiy rahmatullohi alayh “Durrul muxtor” sharhi va o‘zlarining “Shifoul aliyl” risolasida ochiq-oydin kuchli dalillar bilan Qur’oni karim va boshqa narsalarni ta’limiga haq olish borasidagi mutaxxir olimlarning ijozati va uning illati diniy zarurat ekanligi, unga xalal etishi bilan din nizomiga xalal etishini bayon qilgan. Shuning uchun zarurat doirasiga chegaralanish lozimdir, ya’ni Qur’oni karim, aqoid, fiqh kabilarni ta’limiga haq olish joiz. Shu bois savobini bag‘ishlash maqsadida haq evaziga Qur’oni karimni xatm qildirish yoki biror tasbih o‘qittirish harom hisoblanadi. Chunki, bularda biror diniy zarurat yo‘q. Haq evaziga xatmi Qur’on qilguvchi va qildirguvchilar gunohkor bo‘ladi. Haq evaziga xatmi Qur’on qiluvchiga bundan biror savob hosil bo‘lmas ekan, u mayyitga nimani bag‘ishlaydi?
Shomiy rahmatullohi alayh bu boradagi ko‘plab faqihlarning so‘zlarini “Tojush sharia”, “Ayniy”, “Sharhu Hidoya”, “Hoshiyatu xoyriddin” va “Bahrur roiq”lardan naql qilib keltirgan. Jumladan, Xoyriddin Ramliy rahmatullohi alayhning quyidagi so‘zlarini ham naql qilib keltirgan: “Savobini bag‘ishlash uchun qabrga Qur’on tilovat qildirish yoki haq evaziga xatmi Qur’on qildirish sahabai kirom va tabaa tobiin kabi ummat peshqadamlarining birortasidan naql qilinmagan. Shuning uchun bu bid’atdir”.
“Fatvoi rashidiya”da ham savobni bag‘ishlash borasida shunday deyilgan: “Biror kun yoki biror narsani tayin qilib olmay mayyitga savob bag‘ishlash ayni savobli ishlardandir. Lekin, hozirgi kundagi kabi ma’lum bir kun yoki amallarni qilmasa bo‘lmaydida deb tayin qilib olish nojoizdir”. Xayri ehson savobini yo‘llashni eng yaxshi yo‘li Savob yo‘llashning afzal va eng yaxshi surati shuki, xayri ehsonni naqd tarzda faqir, miskinlarga berib, undan hosil bo‘lgan savobni o‘tgan otasi yoki kimigadir bag‘shlashdir. Chunki, miskinlarning nimalarga ehtiyojlari borligi o‘zlarigagina ma’lum bo‘lib, ularga naqd pul berilsa, u bilan o‘zlarini ehtiyojlarini qondiradilar. Ikkinchi surati, miskinlarga xom masalliq beriladi va ular undan o‘zlari uchun xohlagan taomlarini pishirib iste’mol qilaveradilar. Uchinchi surati, ovqat pishirib miskinlarni qornini to‘ydiriladi va undan hosil bo‘lgan savobni bag‘ishlaydi. Ovqat pishirib miskinlarga berishning eng yaxshi surati ehson qilmoqchi bo‘lgan miqdordagi masalliqni birdaniga pishirmay har kuni to masalliq tugagunicha faqir, miskinlarga etadigan darajada ovqat tayyorlab ularni to‘ydiradi. Agar birdaniga barcha masalliqqa ovqat tayyorlasa, ochni ham to‘qni ham to‘ydirishi lozim bo‘lib qoladi. Bunda odatda ko‘proq qorni to‘qlarga ovqat tarqatiladi. Qorni ochlar esa qolib ketadi. Tilovati qur’ondan hosil bo‘lgan savobni yo‘llash Qur’oni karimni tilovat qilib savobini yo‘llash borasida aksariyat ulug‘lar aytadilarki, har kim o‘z uyida imkoniyatiga qarab tilovat qilib savobini bag‘ishlagani afzal va avlodir. Jamoat orasida Qur’oni karimni tilovat qilib, savobini bag‘ishlashda aksariyat o‘rinda mayyit ahliga o‘zini ko‘rsatish bo‘ladi va bunda xolislik kamroqdir.
Vafot etgan kishiga savob yo‘llaniladi, xayri ehson qilingan narsaning ayni o‘zi emas
Ba’zi omi insonlar nima narsa sadaqa qilsang o‘sha narsa o‘tganlarga etib boradi deb, e’tiqod qiladilar. Bu aslida noto‘g‘ri tushunchadir. Chunki, sadaqa qilingan narsalardan hosil bo‘lgan savob mayyitga bag‘ishlanilsa, o‘sha savob etib boradi, xayri ehson emas. Shia oqimining ba’zi firqalarida Muharram oyida sharbat ichib savobini Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga yo‘llash odat bo‘lib qolgan. Chunki, ular ichilgan sharbatdan hosil bo‘lgan savob sharbat suratida Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga etib boradi deb e’tiqod qiladilar. Bu g‘irt noto‘g‘ri tushunchadir. Savob yo‘llagandan keyin yo‘llovchiga ham to‘liq savob etadi عن ابن عمر قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا تصدق أحدكم بصدقة تطوعا فليجعلها عن أبويه فيكون لهما أجرها ولا ينقص من أجره شيء  Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlardan birortangiz nafl sadaqa qilsa, uni ota-onasi nomidan qilsin. Shunda, ota-onasiga ham uning ajri bo‘ladi va uning o‘ziga berilgan ajrdan ham biror narsa kamaytirilmaydi” 
(Tabaroniy rivoyati).
Ushbu hadis savob yo‘llovchiga ham to‘liq savob etishiga dalolat qiladi. Buni Sahihi Muslimdagi quyidagi rivoyat ham qo‘llab quvvatlaydi: عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ. . . قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم : مَنْ سَنَّ فِي الإِسْلاَمِ سُنَّةً حَسَنَةً ، فَلَهُ أَجْرُهَا ، وَأَجْرُ مَنْ عَمِلَ بِهَا بَعْدَهُ ، مِنْ غَيْرِ أَنْ يَنْقُصَ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ. . . " Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“. . . . . Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim islomda chiroyli yo‘lni joriy qilsa, bas u uchun uning ajri va undan keyin unga amal qilganlarning ham ajri bo‘ladi. Ularning ajrlaridan biror narsa kamaytirilmaydi”
(Muslim rivoyati).
Bu hadis, boshqalarga savob yo‘llash bilan savob yo‘llovchining savobi kamayib qolmasligini qo‘llab quvvatlaydi. Tabaroniy hadisida o‘zgalarga qasdan savob yo‘llash aytilgan bo‘lsa, Muslim hadisida qasd qilmasada savob etib turishligi aytilgan. الْأَفْضَلُ لِمَنْ يَتَصَدَّقُ نَفْلًا أَنْ يَنْوِيَ لِجَمِيعِ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ لِأَنَّهَا تَصِلُ إلَيْهِمْ وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِهِ شَيْءٌ  “Nafl tarzda sadaqa qilayotgan kishi uchun afzali barcha mo‘min va mo‘minalarni niyat qilishidir. Chunki, uning ajridan biror narsa kamaymagan holatda ularga ajr etadi” (Raddul muhtor).
Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh bu borada shunday deganlar: “Ma’naviy narsalar shundayki, avvalgi mahaldan ikkinchi mahalga yo‘llash bilan avvalgi mahaldan zoil bo‘lmaydi. Bu narsa ilm olish, fayz hosil qilishda ochiq oydin ko‘zga tashlanadi. Moddiy narsalarning xilofi o‘laroq. Ularni hiba qilgandan keyin hiba qiluvchi qo‘lida undan biror narsa qolmaydi” (Kamolotu ashrafiya, Bavodirun navodir, Imdodul fatavo).
Mavlono Rumiy rahmatullohi alayh “Masnaviy”da ma’naviy narsalar haqida shunday degan:Ma’nolarda qismat ham, adad ham yo‘q.
Ma’nolarda bo‘linish va birlik yo‘q. 
 Yo‘llangan savobning taqsimi Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh nazdida vafot etganlarga bag‘ishlangan savob barchasiga to‘li-to‘liq etadi. Rashid Ahmad Ganguhiy rahmatullohi alayhning nazdilarida esa, savob barchasiga taqsim qilinadi (Malfuzotu kamolotu ashrafiya).
Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhdan Muhammad Iso Iloh Obodiy rahmatullohi alay buni izohlab berishlarini so‘raganlar. Unga javoban quyidagilarni yozganlar: سُئِلَ ابْنُ حَجَرٍ الْمَكِّيُّ عَمَّا لَوْ قَرَأَ لِأَهْلِ الْمَقْبَرَةِ الْفَاتِحَةَ هَلْ يُقْسَمُ الثَّوَابُ بَيْنَهُمْ أَوْ يَصِلُ لِكُلٍّ مِنْهُمْ مِثْلُ ثَوَابِ ذَلِكَ كَامِلًا. فَأَجَابَ بِأَنَّهُ أَفْتَى جَمْعٌ بِالثَّانِي ، وَهُوَ اللَّائِقُ بِسَعَةِ الْفَضْلِ “Ibn Hajar Makkiy rahmatullohi alayhdan maqbara ahliga Fotihani o‘qib bag‘ishlansa, undan hosil bo‘lgan savob ular orasida taqsim qilinadimi yoki ulardan har biriga to‘li-to‘liq savob etadimi?, deb so‘ralganida, u kishi: “Aksariyat ikkinchisiga fatvo bergan. Manashu Allohning fazli karamining kengligiga loyiqdir” deb javob berdilar” (Raddul muhtor).
Agar bir kishi: “Bunga dalillarda biror nas kelmagan, qolaversa, bu qiyosiy masalalardan ham emas. Demak, qanday qilib nassiz hukm chiqara olamiz?” deb savol bersa, quyidagi hadis bilan javob beriladi: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا تصدق أحدكم بصدقة تطوعا فليجعلها عن أبويه فيكون لهما أجرها ولا ينقص من أجره شيء“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlardan birortangiz nafl sadaqa qilsa, uni ota-onasi nomidan qilsin. Shunda, ota-onasiga ham uning ajri bo‘ladi va uning o‘ziga berilgan ajrdan ham biror narsa kamaytirilmaydi”
(Tabaroniy rivoyati).
Savob yo‘llash bilan savob yo‘llaguvchining ajridan biror narsa kamayib qolmaydi. Lekin, savob yo‘llaganiga alohida ajr oladi, ya’ni kimlarga savob yo‘llasa, savob yo‘llaguvchiga savob yo‘llaganligi uchun ham alohida savob beriladi.
Uning hissiy misoli shuki, bir chirog‘ bilan minglab chirog‘lar ravshan bo‘ladi va bir ustoz bir vaqtning o‘zidan yuzlab shogirdlarga ta’lim beradi. Lekin, chirog‘ning ravshanligidan ham, ustozning ilmidan ham biror narsa kamayib qolmaydi (Kamolotu ashrafiya).
Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh: “Savobni yo‘llashda savobni taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi borasida biror qat’iy nas yo‘q va unda ixtilof mavjud. Lekin, biz qancha odamlarga bir amalning savobini yuborsak barchasiga barobar, to‘liq yuboramiz deb umid qilamiz. Ularni kam, ko‘p qilish Alloh taolo iznidadir. Moliyaviy ibodatning savobi afzaldir Moliyaviy ibodat savobini yo‘llash ahli sunna val jamoa nazdida muttafaqun alayh bo‘lgan masalalardandir. Shuning uchun ham moliyaviy ibodat savobini bag‘ishlash afzaldir. Ikkinchidan, moliyaviy ehsondan ehson olgan odam xohlaganicha foydalanishi mumkin. Uchinchidan, moliyaviy ibodat inson nafsiga og‘ir botadi va bunda nafsga qarshi kurashish bor. Badaniy ibodatdan hosil bo‘lgan savobni bag‘ishlashga Imom Shofiiy rahmatullohi alayh xilof qilganlar. Bizning mazhabda, ya’ni Abu Hanifa rahmatullohi alayh mazhabida ikkisidan, ya’ni moliyaviy, badaniy ibodatlardan hosil bo‘lgan savobni boshqalarga bag‘ishlash mumkindir. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarga asosan moliyaviy ibodat savobini bag‘ishlash afzal hisoblanadi. Savob yo‘llashning bir odobi Savob yo‘llash borasidagi odob shuki ozgina bo‘lsa ham tilovat qilib, alohida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ruhi muboraklariga bag‘ishlaydi. Masalan, juda himmati bo‘lmasa uch marta ixlos surasini o‘qib, savobini bag‘ishlash kabi. Savob yo‘llash borasida Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhning odatlari Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh kun davomida qancha tilovat qilish nasib bo‘lsa, undan hosil bo‘lgan savobni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar, barcha Payg‘ambar alayhis salomlar, o‘tib ketgan, yashab turgan va tug‘iladigan barcha mo‘minu mo‘minalarga savobini bag‘ishlar edilar. Biror xos kishiga bag‘ishlash kerak bo‘lib qolsa, unga alohida bag‘ishlar edilar (Kamolotu ashrafiya). Ulug‘lar ruhlariga savob yo‘llashdagi niyat Biror kun yoki oyni tayin qilmay g‘arb, miskinlarga taom berish yoki naqd pul berib, savobini ulug‘larga yo‘llash savobli, ajrli ishlardandir. Lekin, bu qilgan amalim tufayli ularning ruhlaridan menga madad bo‘ladi degan niyatda bo‘lmaslik lozim. Bid’at va nojoiz rasm-rusmlar  Yuqorida biz o‘lim, mayyit va uning ortida qoluvchilarga taalluqli bo‘lgan Qur’on, hadis va mu’tabar fiqhiy kitoblardan havola qilib, Islom bizga dasturi amal qilib bergan, inson fitratiga munosib masalalarni bayon qilib o‘tdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayot zamonalarida u zotning qancha-qancha jigan-poralari, yaqinlari, fidokor sahobalari o‘lim sharbatini totdilar. Kimdin urushda, kimdir bemorlik to‘shagida, kimdir etimlikda jog taslim qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bevosita o‘zlari ko‘plarining tajhiz-takfinida, ta’ziyasi va meroslarining taqsimida rahvar va rahnamo bo‘lganlar. Qanday voqea sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanga munosib shar’iy ahkom va odoblarni og‘zaki ta’lim berib, amaliy ko‘rsatib berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga imon, ibodat, zuhddan tortib to‘y, musibatlarning ham ahkom-odoblarini ta’lim berib o‘tganlar. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambar qilib yuborilishlaridan maqsad, ummat uchun har jabhada tirik namuna bo‘lishlari edi. Chunonchi u zot sollallohu alayhi vasallam sahobalarning to‘yida ham, ta’ziyasida ham qatnashdilar. Ularning bemorlarini ziyorat qildilar. Tajhiz, takfin, qilib janoza namozini o‘qidilar va dafn qildilar. Ta’ziya bildirib, savob bag‘ishladilar. Qabrlarini ziyorat qildilar. O‘tganlarning qarzlarini ado qilib, vasiyatlariga amal qilib, meroslarini taqsim qildilar. Musibatzada va bevalarning g‘amxo‘ri bo‘ldilar. Etimlarni qaramog‘lariga oldilar. Xullas ummatga o‘z so‘zlari va amallari orqali o‘lim, mayyit va ortidan qoluvchilarga tegishli mukammal bir dasturi amalni taqdim qildilar. Ummat bilishi yoki qilishi kerak bo‘lgan biror jihatni qoldirmadilar. Ummatning biror qavmga taqlid qilishi yoki o‘zlari biror narsani ijod qilishiga zaurart qolmadi.
Ushbu pokiza dasturi amalda insoniy zarurat, fitrati taqozo qiladigan holatlarning barchasiga rioya qilingani har qadamda namoyon bo‘ladi. Bunda mayyitning ehtiromi, oxiratdagi rohati va unga ortidan qoluvchilar tarafidan etkaziladigan manfaatlar, musibatzadalar uchun tasalli, g‘amxo‘rlik, adolat va insofning go‘zal namunasi oliy darajada mulohazasi qilingan. Bu kabi dasturni Islomdan boshqa biror bir din, tamaddun bunchalik darajada sodda yo‘l bilan tartibga qo‘ya olgan emas. Ushbu dasturi amalni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga ta’lim berdilar, to hayot o‘z hayotlarida har jabhada amaliy namuna bo‘lib ham berdilar. Sahobalar og‘zaki va amaliy tarzda o‘z farzandlariga ta’lim berdilar. Muhaddislar o‘sha ta’limotni ayni o‘zini biror bir harfi yoki hayatini diqqat ila vasf qilib kitoblariga muhrladilar.
Ummatning mujtahidlari hadislarni sharhlab ma’nolarini tushuntirib berdilar. Ulardan keyingi fuqaholar o‘sha ta’limotlarni ham kitob orqali ham amal qilish orqali ikr-chikrigacha bayon qilib berishdi. Ularni mislsiz muhabbat va mislsiz harakatlari sharofatidan ushbu dasturi amal bizgacha etib keldi.
Lekin mana shu etmish-sakson yillik xudosizlik tuzumi o‘sha dasturi amal ustiga parda tashlab, mayyit va unga tegishli masalalarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan dasturni ba’zisini sof holda va ba’zisini bid’atlarga qorishgan holatga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu ummat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qolgan mislsiz dasturi amal qolib, boshqa din va madaniya vakillarining rasm-rus va bid’atu xurofotlari giroftor bo‘ldi. Qur’on va hadisda kelgan idda, meros taqsimi, etimlarning haqi kabi hukmlar unutilib, o‘lik chiqqan xonadon ayollari bir yilgacha aza tutadigan, yigirma, qirq, yil kabi hindularning rasmini odat qilib olgan, ma’lum motam rangidagi kiyimlarni kiyishda yana kimgadir taqlid qiladigan, mayyitning zimmasidagi qazo ro‘za, namoz fidyasini to‘lash kerak bo‘lgan farz va vojib amallar chetda qolib, musahab amallar qilmasa bo‘lmaydigan, ta’na-malomatga sabab bo‘ladigan omma xalq nazdida vojib darajasiga ko‘tarilgan ummatga aylandi. Eng xatarlisi mayyitning ruhiga tegishli e’tiqodiy masalarda dinimizda asli bo‘lmagan turlicha e’tiqodlarni paydo qilishdi.
Alloh taolo “Ahzob” surasining 21-oyatida marhamat qiladi:  لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا۝ “Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar uchun va Allohni ko‘p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go‘zal o‘rnak bor edi”. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا حَدَثَ فِي أُمَّتِي الْبِدَعُ وَشُتِمَ أَصْحَابِي فَلْيُظْهِرِ الْعَالِمُ عِلْمَهُ فَمَنْ لَمْ يَفْعَلْ ذَلِكَ مِنْهُمْ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللَّهِ وَالْمَلائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ. كتاب الاعتصام للشاطبي Mu’oz ibn Jabaldan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimda bid’at va sahobalarimni so‘kish paydo bo‘lsa, olim ilmini zohir qilsin! Bas ulardan kim buni qilmasa, unga Alloh, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin!” dedilar”.
Shotiyobiyning “I’tisom” kitobi.

Biz yuqorida ko‘plab ishlarni bid’at deb nomladik. Endi bid’at o‘zi nimaligini bilib olsak. Chunki odamlar qilayotgan bid’atlarini o‘zlaricha dindan deb biladilar, unga savob umid qiladilar. Bid’at nima? Bid’at lug‘atda har bir yangi narsaga aytiladi. Shriat istilohida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda sahobai kirom roziyallohu anhumlar zamonasida sabab, do’iya mavjud bo‘la turib, so‘z orqali ham, amaliyot orqali ham, iqror orqali ham, sarohatan ham, ishoratan ham sobit bo‘lmagan, savob umidida ibodat deb paydo qilingan yangi ishlarga aytiladi. Ushbu ta’rifdan kun ora dunyoviy zarurat uchun ixtiro qilinayotgan narsalarning shar’iy bid’atga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki ular ibodat yo‘liga ko‘ra savob niyatida ixtiro qilinmaydi. Modomiki shar’iy hukmlarga zid bo‘lmas ekan, joiz va muboh darajasida bo‘ladi. Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar tarafidan so‘z orqali yoki amaliyot orqali, sarohat yoki ishoratan sodir bo‘lgan ishlar ham bid’at ostiga kirmaydi. Shuningdek ushbu ta’rifdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar zamonasida zarurati bo‘lmay, keyinchalik diniy maqsadni hosil qilish uchun paydo qilingan narsalar ham bid’at ostiga kirmasligi ma’lum bo‘ladi. Bunga hozirgi kundagi madrasa-ma’had, turli nashrlar, Qur’on va hadisni tushunish uchun sarf-nahv, arab adabiyoti, fasohat-balog‘at kabi fanlarni joriy qilinishi, turli firqalarga qarshi kitoblar yozilishini misol qilishimiz mumkin. Bularning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar zamonasida mavjud bo‘lmagan bo‘lsada, bid’at ostiga kirmaydi. Chunki u davrda bu narsalarga zarurat bo‘lmagan. Keyinchalik holatning taqozosi bilan ummatning ulamolari munosib tadbir ila bu narsalarni yo‘lga qo‘yganlar. Bularning barchasi o‘z zotida ibodat sanalmaydi, balki ibodatga vosita hisoblanadi. Ya’ni oyat va hadisda kelgan biror bir maqsadga etishish uchun zamon va makonning zarurati tufayli ixtiyor qilingan narsadir. Ular maqsadga qarab turli darajalarga bo‘linadi.
Yuqoridagi tafsildan shu ma’lum bo‘ladi-ki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar zamonasi hamda keyingi zamonlarda holat, zarurat bir xilda bo‘la turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar zamonasida dindan deb ixtiro qilinmay, keyin ixtiro qilingan narsalar bid’at deyiladi. Masalan: faqir-fuqarolarga ehson qilish, jamoat ila namozlar o‘qish, mayyit ortidan savol bag‘ishlashga bo‘lgan zarurat hozir kunda bo‘lgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ham bo‘lgan. Lekin savob bag‘ishlashda qirq, yil kabi kunlarni belgilash, ehsonlarda maxsus taomlar tayyorlash, mayyitga atab chiroq yoqish, mozorlarga borib jonliq so‘yish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobalar va ulardan keyingi mujtahid-fuqaholar zamonlarida bo‘lgan emas. Holbuki bu amallarga bo‘lgan zarurat hozirgi kunda bo‘lganidek, o‘sha kunlarda ham bo‘lgan. Ibodat qilib savol olish, Alloh taoloni roziligini topish, mayyitlarga mehribonlik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar zamonasida bizning paytimizdan ko‘ra haqiqiy va ziyoda bo‘lgan. Kim sahobalardan ko‘ra ibodatga ishtiyoqmand, Allohning roziligi hosil qilishga mushtoqlikni da’vo qila oladi.
Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan shunday degani rivoyat qilinadi: قَالَ حُذَيْفَةُ بْنِ الْيَمَانِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: كل عبادة لا يتعبدها أصحاب رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فلا تعبدوها فان الأول لم يدع للآخر مقالا فاتقوا الله يا معشر القراء وخذوا طريق من كان قبلكم “Qaysi ibodatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari qilmagan bo‘lsalar,  sizlar ham qilmanglar. Chunki avvalgilar keyingilar uchun to‘ldirishi kerak bo‘lgan kemtikni qoldirmaganlar. Ey qorilar (boshqa rivoyatda musulmonlar) jamoasi, o‘zingiz oldin o‘tganlar yo‘lini mahkam tuting!”. وقال ابن مسعود : اتبعوا ولا تبتدعوا ، فقد كفيتم ، عليكم بالأمر العتيق Ibn Mas’ud aytadi:
“Sizlar (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalariga) ergashinglar, yangilik (bid’at)ni paydo qilmanglar. Sizga (ibodat borasida sizdan oldingilarning yo‘li) kifoya qiladi. Eng avvalgi ishlarni lozim tutinglar!”. Bid’at nima sababdan joiz emas? Chuqur tafakkur qilib ko‘rilsa, barcha ishlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalarning zamonlarida ham bo‘lgan. Ularga yangicha tus berish, ular qilganlaridek qilmaslik “ular shunday qilsa yaxshi bo‘lishini bilmaganlar-da”, degan o‘xshab qolmaydimi?!

Dinda biror bid’at paydo qilish rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etkazishda xiyonat qilgan degan tuhmatni qilishga barorbardir!

Biz yaxshi deb bilgan bid’atlar ularga ham ularga ma’lum bo‘lgan-u, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytay qolib ketgan deyilsa, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zimmalariga farz qilingan shari’atni etkazilishda kamchilikka yo‘l qo‘yganlar deyish bilan barobardir.
Shuning uchun Imom Molik rohimahulloh shunday degan: قال الإمام مالك رحمه الله: من ابتدع في الإسلام بدعة يراها حسنة فقد زعم أن محمداً صلى الله عليه وسلم ، خان الرسالة ؛ لأن الله يقول: "اليوم أكملت لكم دينكم" فما لم يكن يومئذ دينا فلن يكون اليوم دينا “Kim Islomda bid’atni paydo qilib, uni yaxshi deb bilsa, batahqiq Muhammad sollallohu alayhi vasallam risolatga xiyonat qilibdi, degan da’voni qilibdi. Chunki Alloh taolo: “Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim”, o‘sha kunda dindan bo‘lmagan narsa bugungi kunda ham dindan emasdir”.
Sahobalar, tobe’in va imomlarning bid’atdan hazir bo‘lish va saqlanish haqida aytgan gaplari juda ko‘pdir. Shuning uchun aniq ishonch hosil qilishimiz kerak-ki ibodatning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari ixtiyor qilmagan yo‘llari qanchalik dilkash, chiroyli ko‘rinmasin Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nazdida qabih va e’tiborsizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalari u bid’atlarning yaxshiligini bilmaganligidan yoki g‘aflatda qolganliklari tufayli tark qilgan emaslar. Balki xato va zararli ekanligi uchun tark qilganlar. Hozirgi kunda biror kishi shomning uch rakatining o‘rniga to‘rt rakat, bamdodning ikki rakatining o‘rniga uch yoki to‘rt rakat qilib o‘qisa yoki ro‘za shomgacha emas xuftongacha tutadigan bo‘lsa, har bir dindan xabari bor inson uni xato va nojoiz deydi. Vaholanki zohiran qaraganda biror bir gunoh ish qilmadi. Bir oz ko‘proq tasbih aytdi va ko‘proq Allohning zikrini qildi. Lekin butun dunyo musulmonlari kattasidan tortib kichigicha buni eshitsa, uni xato qilganlini aytishadi. Sabab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim berganlaridek ibodat qilmaganligidir. U zot sollallohu alayhi vasallam o‘qigan namozning kayfiyatini o‘zgartirishdan o‘zga narsa emas. Agar aqli joyida bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mukammal etkaza olmagan shariatni men to‘ldirib qo‘ydim, u zot noqis qoldirgan narsani men batamom qilib qo‘ydir degan da’voda boshqa narsa emas. Chuqurroq tadabbur qilib o‘ylab ko‘rsak, namozning rakatlarini asli ikki rakat bo‘lsa uch, uch rakat bo‘lsa to‘rt rakat qilib qo‘yish bilan vafot etgan kishining ortidan qilinadigan mutloq ehsonni kun sanab uch, birinchi payshanbda, etti, yigirma, qirq kun va bir yil o‘tganda qilish, unda atala bilan o‘rik suvi tayyorlab odamlarga edirish kerak deb chegaralashdan nima farqi bor!?
Bomdodning ikki rakatini uch, shomning uch rakatni to‘rt rakat qilish dinni o‘zgartirish bo‘lgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar zamonalarida biror kunga tayin qilinmagan ehsonlarni o‘zlaricha tayin qilib olishlari ham dinni o‘zgartirish hisoblanadi. Dinni o‘zgartirish bo‘lgani uchun ham bid’atdan qattiq qaytarilgan.Bid’at dinning tahrifiga yo‘l ochadi Bid’atning eng yomon oqibatlaridan biri har joyning aholisi o‘z ibodatlariga qayd, shart va yangi rasm-rusmlarni joriy qilaversa, bir muddat o‘tib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim berga ibodatning asli nima va qanday ekanligini bilib bo‘lmay qolishidadir. Avvalgi o‘tgan ummatlarda dinning tahrifiga asosiy sabab ham, ular o‘z kitoblari va payg‘ambarlarining ta’lim bergan ibodatlariga o‘zlaricha yangi shakl berganliklari, turli rasm-rusmlarni ziyoda qilganliklari bo‘ldi. Yillar o‘tib asli dindan bo‘lgan ibodat bilan yangi paydo bo‘lgan rasm-rusmlar orasida farq qolmadi.
Xulosai kalom shuki shariatimiz istilohidagi bid’at mutlaqo man qilingandir. Albatta, bid’atlarning darajasi har xildir. Ba’zilar qattiq harom bo‘lib, shirkka yaqindir. Ba’zilari makruhi tanzihiy va boshqalari makruhi tahrimiydir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 197 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar