Faqat Bomdod qazosini o‘qish

Assalomu alaykum! Bugun qazo namozini qanday o‘qish kerakligi xaqida yaqinda Shayxizning javoblarini You tube da eshitdim. Lekin shu paytgacha qazo namozlarini boshqacha o‘qib boryapman ekan. Bu xaqida xech qaerdan javob topa olmadim. Meni 8 yillik qazo namozim bor. U qazo namozlarni ado qilishda, xar doim kechqurun faqat bitta namozni qazosini niyat qilib o‘qiyapman. Misol uchun, kechqurun 30 kunlik bomdod namozini qazosini o‘qidim. Shunday qilib 8 yillik bomdod qazosini tugatgach, peshin qazolariga o‘tmoqchiman va x.k. Xozir, xisobim bo‘yicha, yana 3 yillik bomdod qazosi qoldi. Savolim quydagicha. 1). Meni shu paytgacha o‘qigan qazo namozlarim xisobga o‘tadimi? 2) Agar bular xisobga o‘tsa, shunday o‘qishni davom etsam bo‘laveradimi? Agar, iloji bo‘lsa, savollarimga sabablari bilan to‘liq javob bersangiz, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘tadi.2). Davom etsangiz bo‘ladi. Ammo qazolar o‘rtasida tartibga rioya qilish, ya’ni avval bomdod, so‘ng peshin, so‘ng asr o‘qish mustahab. Vallohu a’lam!

13 Yanvar 2024, 11:48 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar