Ota-onaning namozni o‘qishga da’vat qilish yo‘llari haqida

Ustoz men ota-onamni juda ham hurmat qilaman, lekin ota-onam hali ham namoz o‘qishni boshlaganlari yo‘q. Men iloji boricha da’vat qilyapman lekin natijasi yo‘q. Shu sababdan yaqinda men "Sahihi Buxoriy" (2 qismi ham), "Odoblar xazinasi" (4 qismi ham) kabi kitoblarni sotib oldim, balki mana shu kitoblarni o‘qib ko‘rib hidoyat yo‘liga kirishsa ajab emas degan o‘yda qildim bu ishni. Ustoz mana shu kabi da’vat qilishga harakatim to‘g‘rimi? Yana qanday yo‘llar bilan ota-onamni namozga da’vat qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularga namozning farzligi va zarurligi haqida gaplar bor kitobni ham sovg‘a qiling.

26 May 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar