O‘limtigi ham halol jonzotlar
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, 3 ta narsani o‘lgani ham halol, iste’mol qilish mumkin deb eshitgandim. Ulardan biri baliq. Qolganlarini aytib bersangizlar iltimos. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular uchta emas ikkita. Baliq va chigirtkadir. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أُحِلَّتْ لَناَ مَيْتَتَانِ وَدَمَانِ: فَأَمَّا الْمَيْتَتَانِ فَالْحُوتُ وَالْجَرَادُ، وَأَمَّا الدَّمَانِ فَالْكَبِدُ وَالطِّحَالُ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon esa jigar va qorataloqdir», dedilar». Ibn Moja va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Sharh: Aslida Alloh taoloning «Menga vahiy qilingan narsada taomlanadigan taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. O‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti – albatta, u iflos narsadir – yoxud fosiqlik ila Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan bo‘lsa mustasno», degan oyati karimasiga binoan, asli halol hisoblangan hayvonlarning o‘limtigi va oqizilgan qoni haromdir. Ushbu hadisi sharif esa o‘sha umumiy hukmdan to‘rt narsani – ikkita o‘limtikni va ikkita qonni istisno qilmoqda. «Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon esa jigar va qorataloqdir». O‘limtik nopok, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgani sababli u Islom shariatida harom qilingan. Agar bemorlik oriz bo‘lmasa, hayvon o‘z-o‘zidan o‘lmaydi. Qolaversa, hayvon shar’iy yo‘l bilan so‘yilmay, boshqa sabablarga ko‘ra o‘lsa, qoni va u bilan birga undagi mikroblar, kasalliklar butun badaniga tarqalib ketadi. Uni taom sifatida tanovul qilgan odamga zarar etadi. Ammo baliq va chigirtkada bu holat yo‘q. Ularning so‘yilganda oqadigan qoni yo‘q. Shuning uchun ularning o‘limtigi insonga mutlaqo zarar etkazmaydi. Bu narsa ilmiy tajribalar orqali ham tasdiqlandi. Lekin chigirtkadan boshqa qoni yo‘q quruqlik hayvonlari haromdir. Chayonlar, arilar, pashshalar shular jumlasiga kiradi. Jigar bilan qorataloq ham asosan qondan tarkib topgan bo‘ladi. Ammo o‘sha qon jigar va taloqqa aylanganda zararsiz holga o‘tib qoladi. Shuning uchun ham bu ikki narsa shariatimizda halol qilingan. Ushbu birinchi faslda taom sifatida iste’mol qilish halol bo‘lgan hayvonlar haqidagi ba’zi hadisi shariflarni o‘rganib chiqdik. Alloh taoloning yordami bilan ikkinchi – eyish mumkin bo‘lmagan hayvonlar haqidagi faslni o‘rganganimizdan so‘ng vaziyat yana ham oydinlashadi. Ushbu eyilishi halol bo‘lgan hayvonlar haqidagi bobning nihoyasida Islom shariatida faqatgina pok va foydali bo‘lgan hayvonlarni taom sifatida tanovul qilish halol qilinganligini yana bir bor ta’kidlamoqchimiz. Shu bilan birga, suv hayvonlariga oid bir mulohazani ham eslatib qo‘ymoqchimiz. Avval aytib o‘tilganidek, suv hayvonlari haqida ulamo ahllarimiz turlicha ijtihod qilganlar. Albatta, ul muhtaramlar o‘z zamonlari, imkonlari, madaniyatlari va tushunchalari hamda boshqa omillardan kelib chiqib, ijtihod qilganlar. Bugunga kelib, suv hayvonot olami ham atroflicha o‘rganildi. Qadimda bo‘lmagan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shuning uchun suv hayvonlarining halol-haromini aniqlashda avvalgi ma’lumotlarga yangi ma’lumotlarni ham qo‘shib, umumiy qoidalardan kelib chiqib, ish yuritilsa, ma’qul bo‘lsa kerak. Misol uchun, suvda o‘ta zaharli, eyish u yoqda tursin, biror joyiga tegib ketsa ham insonga zarar etkazadigan hayvonlar borligi aniq bo‘ldi. Bas, shunday ekan, qanday qilib ularni halol, esa bo‘ladi, deya olamiz. Demak, bu masalada ehtiyot bo‘lmog‘imiz zarur bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 188 | Halol va harom