Nega ajrashishlar kup?

Assalomu aleykum! men bir narsani oydinlashtirib va kengroq tushuntrib berishingizni iltimos qilaman, jamiyatga nazar solsak har bir oilada ota-onanig og‘li va qizii uzatganlarni ko‘rsak bir kishi yo ajrashadi qizi bo‘sa qizi keladi o‘gli bo‘sa biron sabab bilan ajrashib keyinroq boshqasini nikohiga oladi buni juda ko‘p gufohi bo‘lyapman har bir oilada bundaylar bor albatta, nimaga shunday yoki OLLOH taoloning xoxishimi bu yoki azaldan bu bormi men oilada oxirgi farzandman ajrashganlarni ko‘rib oila qurishga uncha xoxishim bo‘lmayapti. Iltimos nimaga? har bir oilada albatta bir kishi shunday?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ajrashganlar o‘zlarining ayblari tufayli ajrashadi. Alloh taolo bandalarni ajrashga majbur qilmaydi. Taloq tufayli Alloh taoloning arshi larzaga keladi. Odamlar oila borasidagi diniy ta’limotlarga amal qilmaganlari uchun, yana boshqa ko‘plab sabablar tufayli ajrashadilar. Siz o‘shanday odamlarga yaqinga o‘xshaysiz. Men esa oilasi buzilgan odamlar juda oz deb o‘ylayman. Ba’zi hisoblarga qaraganda bizda oila buzilishi 15%dan sal ko‘proq ekan. Siz juda ham noto‘g‘ri xulosa chiqargansiz. Tanishlaringizdan ba’zilarining oilasi buzilsa, oila qurishdan qochishingiz yaxshi emas.

26 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar