Sovg`asini qaytarib olsa

Menga bir yaqin inson 8 sotih er olib qo‘yganman, ana shu er sizlarniki deb ko‘pchilik oldida aytib ayolimni nomiga olib bergan. Vaqt o‘tib shu erda qurilish boshlaymiz deb borsak, u erni narhlar obdon ko‘tarilgan vaqtda juda katta narhga sotib yuborgan ekan. U er hali ham ayolimni nomida bo‘lishiga qaramay indamasdan borib olgan insonni nomiga o‘tkazib berdik. Meni boshqa erim bor(undan 10 baravar arzon joyda) o‘sha erda quringlar deb yana bir erni ko‘rsatib, hammani oldida bularga pisabillo berdim deb aytdi. Bizga uzoq, qolaversa atrofida uy ham yo‘q joyda qurmaymiz shuning uchun rozi bo‘lsangiz shuni qancha bo‘lsa ham sotib yana yana yaniga qo‘shib bir joy qilsak deb maslahat soldik. Joy sizlarniki nima qilsanglar o‘zilar bilasizlar degan inson sotadigan vaqtda rosa bizlar qiynadi. 2 oy nomard insonni ishini qilib birovlarni oldida izza qildi. Hullas pulini o‘zim olaman deb turib oldi. Allohimni marhamati bilan oladigan insonlar vazuyatni bilib pulni bir qisimini unga qolganini so‘ramasam ham menga tashlab ketishdi. Biz joy olamiz deb to‘lovlarni to‘lashimiz kerakligi sabab qiynalib qolgan edik. O’zi olgan pulni bermadi. Ikkala vaziyatda ham shularga pisabillo berdim degan insonga menga tegib tushgan pulni qaytarishim kerakmi yoki yo‘qmi. Bu narsa o‘zim uchun muhimdir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sovg‘a qildim deganidan keyin qaytarib olishga haqqi yo‘q. Pulni qaytarmang.

26 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar