Hayr ehson hususida
Assalomy alaykum, faziylatli Ustoz Sizga quydagi savol bilan murojat etishimga ruhsat bersangiz. Biz Alloh yolida imkon qadar muhtoj, kam ta’minlangan yaqin qarindoshlarimizga hayr ehson qilamiz. Ana shunday qarindoshlarimizdan biri yaqin kunlarda qilgan hayr ehsonimizdan ko‘ngli to‘lmaganligi, ayoli oldida uyalib qolganligini, uni boshqa bezovta qilmasligimizni aytibdi. Bu gaplar bizga og‘ir botdi. Nima ayb qiganimizni tushunmadik. ( Biz ularga chet el do‘konlaridan o‘zi va farzandlari uchun qishki etik va kurtkalar jo‘natgan edik. Bu narsalarga ularning muhtoj ekanligini bilar edik. Qolaversa qurbimiz shunga etdi holos). Balki ular bizdan boshqa qimmatbaho narsalar kutgadandir, bilmadik. . . Savol: Mana shunday holatda shariatimizning hukmi qanday. Qilgan hayr ehsonlarimizdan ko‘ngli to‘lmaganligi sabab biz bilan aloqa qilgisi kelmagan kambag‘al yaqin qarindoshimiz bilan bundan keyin qanday munosabatda bo‘laylik?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizlar aloqani davom ettirishga urinaveringlar. Ular noto‘g‘ri isha qilishgan. Bundan keyin falon narsa yuborsak qabul qilasizlarmi, deb oldin so‘rab olinglar.
26 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar