Tushimdagi jannat va Rasulullohmi (s A V)?

Meni bir savol ramazon oyidan beri qiynaydi. Ramazon oyida saharlik qilib bo‘lib, bomdodgacha mizg‘ib olishni niyat qildim. Yotib tasbeh, salovatlar aytib, tushimda rasulullohni va jannatni ko‘rsatishini duo qilib so‘radim. Tushimda bir tepalikka ikki kishi bo‘lib chiqdik. U kishi menga qo‘li bilan ishora qilib, "ana jannat" dedi. U yo‘q cho‘lu-biyobon edi. Shunda, u kishiga qarab, jannat juda chiroyli bo‘lardiku, dedim. Yana bir marta o‘sha yoqqa qarasam, u er ko‘m-ko‘k boqqa aylangan ekan. U erga bordim. Bir so‘rida meni kutib olishdi va to‘riga o‘tkazishdi. Egnimda sultonlar libosi. O‘tirganimdan so‘ng o‘ng va chap tomonlarimga qaradim, u erda qator qizlar o‘tirar edilar. Ustoz bu tushim yaxshilikkami yoki shaytoniymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Bilmadim.

26 May 2022, 23:55 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar