Ehsonni e’lon qilish mumkinmi?

Ustoz men Yangiyo‘ldagi bir masjidda Juma namoziga chiqaman, ko‘p holatlarda amri ma’rufdan so‘ng duo qilinadi va ehson bergan kishilar haqqiga duo qilinadi. Bunda ehson bergan kishining ismi, familiyasi, nima ehson qilgani, qancha miqdorda ehson qilgani, necha pullik xizmatini ehson qilgani haqida ma’lumot beriladi. Menimcha bu ehson qilgan kishilarning iltimosiga binoan bo‘lsa kerak (chunki, ehson qiluvchi aytmang deb iltimos, qilsa e’lon qilinmaydi). Mana shu kabi ish shariatda joizmi (joiz bo‘lsa, ehsonga beriladigan savob kamaymaydimi yoki riyo bo‘lib qolmaydimi)?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Eng yaxshi ehson yashirincha qilingan ehson ekani hadislarda aytilgan. Siz aytgan holat ehson qiluvchilarning talabi asosida bo‘ladi. Kim riyo bo‘lishidan qo‘rsa, e’lonni talab qilmasa juda yaxshi qilgan bo‘ladi. Ammo ba’zi odamlar tushunmay masjid xodimlari bilan e’lon qilmaganlari uchun janjal qilishadi. Ularga tushuntirish kerak.  

26 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 138 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar