Harom pul haqidagi savollar

Assalomu alaykum! Agar men biror joyda ishlasam bu joydan topayotgan pulim halol bo‘lsayu, lekin xaromdan kelgan daromadim ham bo‘lsa bir-biriga aralashtirmay saqlasam, haloldan topilganini yig‘ib borsam yoki uydagilar uchun jo‘natsam bunda xaromlik yo‘qmi? Harajatlarim o‘rniga xarom puldan ishlatsam, halol pul yig‘ilib borilsa bunda halolga tasir yo‘qmi? Agar halol pulga ta’sir bo‘lsa, sabab? Biroz qiyinroq vaziyatdaman. 2). Agar xarom puldan qarzdorligim bo‘lgan odamlarga qarzimni qaytarsam, qarz yopiladimi? Haq qolmaydimi? Agar mumkin bo‘lmasa, to‘langan qarzlar nima bo‘ladi? (Agar ular bergan pul ham xarom bo‘lgan bo‘lsachi?) 3). Xaromdan kelgan daromadni uydagilar bilmasa yoki bilsalarda harajatlar uchun jo‘natsam ular uchun yomon tarafi yo‘qmi? Sog‘liqlari uchun ishlatsak qanday bo‘ladi? Ota-onam sog‘lig‘idan havotirdaman. 4). Xarom pulga olingan mol-mulkni ishlatib tursa bo‘ladimi? 5). Biror shirkat xarom pulga qurilgan bo‘lsa, uni yopib tashlash kerakmi? 6). Kimgadir xarom puldan bersam (savob uchunmas, shunchaki) zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir gap, vaqtinchalik yaxshi hayot uchun borar joyingizni abadiy do‘zax qilib olmang. Haromni bir luqmasidan ham saqlaning. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar