Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviyning vazlari

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviyning vazlaridan ekan: hadisi qudsiyda U zot aytadiki:Ey Odam bolasi! Biror hokimdan qo‘rqa ko‘rma! Modimoki, hukmronligim boqiy ekan qo‘rqma! Hukmronligim esa hech qachon tugamaydi! Ey Odam bolasi! Rizq torligidan qo‘rqma! Vaholanki xazinalarim to‘la. Ular hech qachon tugamaydi! Ey Odam bolasi, seni ibodat uchun yaratdim! O‘ynab yurma! Rizqingga kafil bo‘ldim. Ko‘p ham ovora bo‘lma! seni ibodat uchun yaratdim. o‘ynab yurma! Rizqingga kafil bo‘ldim. ko‘p ham ovora bo‘lma! Izzatim va Jalolimga qasamki, Senga taqsim qilganimga rozi bo‘lsang, qalb-u tanangga rohat beraman. Meni huzurimda maqtalganlardan bo‘lasan! Agarda taqsim qilganimga rozi bo‘lmasang, Izzatim va Jalolimga qasamki, ustingda dunyoni hokim qilib qo‘yaman. Unda yirtqichlar quriklikda yugurganidek yugurib yurasan. So‘ngra, taqsim qilganimdan o‘zga narsaga erisholmaysan! Ey Odam bolasi, Osmonlar-u erni yaratdim, Ularni yaratish Meni ojiz qoldirmadi-yu, senga beradiganim kunlik rizqing ojiz qoldirarmidi?! Ey odam bolasi, Mendan ertaning rizqini so‘rama! Xuddi sendan ertangi amalni talab qilmayotganimdek! Ey Odam bolasi! senga o‘ta muhabbatliman. Sendagi haqqim hurmati,Menga muhabbatli bo‘l! shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu hadisni sahihlar orasidan izlab topa olmadik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar