Ushbu kitobni o‘qishimiz mumkinmi?

Assalomu alaykum! 1. Shayx Abu Homud G‘azzoliy rahimahullohning "40 hadis qudsiy" deb nomlangan kitoblari (usti sariq) haqiqatan ham u kishiga tegishlimi? Kitob 2017-yilda nashr qilingan ekan. Varoqlab ko‘rgandim, kitobda asli hadisi qudsiy bo‘lmaganlari ham bordek. Bu kitobni o‘qishimiz joizmi? Imom G‘azzoliy rahimahullohni Islom olamida "Hujjatul islom" nomi bilan tanilganlar. Bu kitob u kishinikimi o‘zi? 2. Imom G‘azzoliy rahimahullohning "Qiyomat va oxirat" kitoblari haqida. Bu kitobning pdf variantini o‘qidim, kitob holatida ham sotuvda bor ekan. Kitobda Nabiyimiz alayhissalom ota-onalari qayta tirilib, Nabiyimiz alayhissalomga iymon keltirgan deyilgan. Bu ma’lumot ishonchlimi? Imom G‘azzoliy rahimahullohga nisbat beriluvchi kitoblar ziyouz saytida juda ko‘p. Bularni o‘qish mobaynida zaif, sahih deyilmagan bo‘lsa ham o‘qisak bo‘laveradimi? Javoblaringiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kitobni ko‘rmagan ekanmiz.2). O‘qish joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:38 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar