dinamo ko‘zboylovchi

Assalamu alaykum! Mana anchadan buyon NTT oilaviy telekanali, "Hayrat lahzalari" turkumi ko‘rsatuvidan dunyo kezib, odamlarni hayratga solib, o‘zining g‘ayritabiiy "qiliq"lari bilan mashhur bo‘lib borayotgan Dinamo (asli ismi Steven Frayne)ning tomoshalari qo‘yilib borilyapti. Bu ko‘rsatuvni, uning (Dinamoning) aql bovar qilmas harakatlarini ko‘rgan inson borki, hayratdan qotadi. U (Dinamo) hali odamlarning fikrlarini o‘qiydimiye, hali o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qoladimiye, suv ustida yuradimiye, havoda muallaq turadimiye. . . Xullas bir biridan hayratomus "tryuk"lari bilan juda ko‘pchilikning diqqat markazida. Savol: biz musulmonlar bunaqanggi tomosha, sehr-jodu, g‘alatidanda g‘alati harakatlarga qanday munosabatda bo‘lmog‘imiz darkor? Umuman shunaqanggi ko‘rsatuvlarni ko‘rish joizmi musulmon uchun? Mavzuga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lganligi uchun yana bir narsani bilish istagida edim. . . o‘qigan edimki(manbasini eslolmadim), shunaqa mazmunda xadis bor ekan:Agar bir inson sehr-jodu ishlarini qilib, ko‘zboyloqchilik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, agar u namozxon bo‘lmasa, bilingki u kazzobdan boshqa hech kim emas! Hazrat! Shunaqa mazmunda xadis bormi? (savol so‘rash intizomini buzganim uchun aybga buyurmang). Rahmat! . Z.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday narsalarga e’tibor bermaslik kerak.

26 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar