Buyrak va qora mag‘z xakida

Assalomu alaykum! «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon esa jigar va qorataloqdir», dedilar».
Jigar va qorataloqdan boshqa a’zolarini eyish mumkunmi? Masalan buyragi,
harom mag‘z yoki qora mag‘z deb yuritiladigan umurtqadagi iliknichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! So‘yilgan hayvonning eyish harom bo‘lgan narsalari; Hanafiy mazhabi bo‘yicha so‘yilgan barcha hayvonlardan quyidagi narsalarni emoq haromdir; 1. Erkak hayvonning zakari. 2. Erkak hayvonning ikki moyagi. 3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi. 4. Hayvondagi bez. 5. Hayvondan oqqan qon. 6. O‘t pufak. 7. Siydik turadigan a’zo. Chunki Alloh taolo «A’rof» surasida Payg‘ambarimiz alayhissalomning vasf qilaroq: «Ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan», degan. Mazkur etti narsalar ham nopok narsalardir. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=6621.0

29 Aprel 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar