Ozodalikka beriladigan ajr

Assalomu alaykum Ustoz. Alloh qilayotgan ezgu ishlaringizga barokat va ziyodaliklar ato etsin. Omin.Odatda, biz omiylar bazi narsalarni qisman bilsakda, bazi-bazida shayton vasvasa qilib qiynab tashlaydi. Olimlarning bazi eslatmalari esa, shayton vasvasasiga qarshi qurol bo‘ladi, Inshaalloh.Men ozodalikni juda yaxshi ko‘raman. Bu go‘zal xislatni diynimdan deb bilaman. Biz studentlar "kvartira" da turamiz. Birodarim, ozodalikka unchalik e‘tibor bermaydi. Shuning uchun, o‘zimga o‘zim, "uyni ozodaligini o‘z zimmamga olaman. Idishlarni yuvushdan boshlab to uy yig‘ishtirishgacha. Zero, shu tufayli Alloh menga rahm qilsa" - deb ahd qilganman. Albatta, buni hech kimga aytmaganman, riyo bo‘lmasin deb. Bazida vaqt ketsa ham indamay qilib yuraveraman. Chunki, xonadoshimning aynan shu tomoni zaif. Zaiflikka sabr qilish esa ehson deb eshitgan edim. Endi esa, shu kunlarda shayton meni tinch qo‘ymayapti, "Nima o‘zing hamma ishni qilib yuraverasanmi? Xonadoshing ham qilsin? Senga ham vaqt kerak" - deb. Ustozim, shogirdingizga hadis yoki oyatlar orqali shunday maslahat qilingki, zero shayton vasavasasidan qutila olsam. Shu ishim orqali kelishi mumkin bo‘lgan ajrni o‘ylab, bu ishda uzoq bardavom bo‘lsam. Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo Nur surasida marhamat qiladi:Ey iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fahsh va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh O‘zi xohlagan kishini poklar. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir.

27 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar