Uchtaloq tog‘risida

Shayh hazratlari sizni yana ko‘p marta takrorlangan mavzuda bezovta qilayapman.Alloh halqimizga qilayotgan xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin va ilmingizni yanada ziyoda qilsin.Men uylanganimga yarim yildan oshdi. Men o‘zim arab amirligida ishlayman va to‘ydan 2 oy o‘tgach ayolimni shu erga olib keldim. Ayolim islom dinini yaxshi chunmaganligi sababli va oilada erka qiz bo‘lganligi sababli o‘zini qaysarliklari va itoatsizligi bilan menga ko‘p azob berdi. Ota onam haqida ham yomon gaplarni aytti. Allohdan unga iymon so‘rab duo qilib, sabr qilishda davom etib yashadim. Lekin islomiy yoki hayotiy narsadan biror narsani tushuntirishga harakat qilsam meni haqorat qilib, mendan nafratlanishini ko‘p marta aytdi, va menga turmushga chiqqanidan afsusdaligin aytdi. Men taloq berish haqida ko‘p o‘ylab ko‘rdim, lekin Alloh hidoyat berib qolar degan umidda sabr qilishda davom ettim. Ayolimni O‘zbekistonda o‘qishi borligi tufayli uni yaqinda toshkentga yubordim. Yana bir masala bo‘yicha telefon orqali tortishib qoldik va men taloq berishga qaror qildim. Men yana ikki uch kun kuttim, va uni "odnoklassniki" degan saytdagi profilini tekshirish uchun ayolimdan qiyinchilik bilan parolni oldim. Dugonalariga men haqimda yomon gaplarni yozganini va ba‘zi begana erkaklar bilan hazil huzul qilib yozishganlarini ko‘rib o‘zimni tutib turolmadim, jahl ustida tel qildimda 3 taloqsan deb ayttim. Shundan keyin Alloh unga iymon berdi. qilgan hatolarini judayam tez tushunib etti, 5 vaqt namoz o‘qishni boshladi. Mendan har kuni kechirim so‘rayapti. Aytganingizni qilaman faqat men bilan ajrashmang deyapti. Men unga nikoh harom bo‘lganligini va buni chorasi yo‘qligini tushuntirsam ham tushunishni hohlamayapti. Sizdan iltimos, ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Jahl ustida aytilgan taloq haqiqiy bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ulardan fatvo so‘rasangiz bo‘ladi.

27 May 2022, 00:28 | Savol-javoblar | 261 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar