Halol rizq

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolni bir tanishmi iltimosi bilan yo‘llayabman. Tanishim so‘yilgan qo‘yni terisini olib qaynoq suvda ivitib yungini (junini) tozalab o‘sha teridan to‘ylarda po‘st dumba qilish bilan shug‘ullanarkan. Uning ishi halolmi? Qo‘y terisini iste’mol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘y terisi shar’an halol. Ustiga qaynoq suv quyib yungini yulish ham halol. Qozonga solib qaynoq suvda qaynatsa teridagi najosatni ichiga shimib teri ham najosat bo‘lishi mumkin. Terini ustidan qaynoq suv quysa yoki qaynab turgan suvga bir solib tezda tortib olsa najosat bo‘lmaydi. Misrda ham bu kabi narsalar bo‘lgan va uni samiyt deyiladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar