Taxorat va maxsi

Assalomu alaykum! Soxibi uzr xisoblanuvchi odam, agar taxoratni to‘liq olib bo‘lgunicha ham taxorat ushlab qolishni iloji bo‘lmasa, maxsi kiyib masx tortib yurishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir namoz vaqt ichida mumkin. Keyingi namozga echib yuvadi. Agar keyingi namozga ham mash tortishni xohlasa chiqadigan teshikka narsa tiqib, chiqishni to‘xtatib, tahorat olib mahsini kiysa, keyingi namozlarga mash tortishi mumkin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar