Tatuirovka (xoch)

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor hech qanday dinga sig‘inmaydigan ammo u yaqinda astoydil tovba qilib islom dinini qabul qilmoqchi lekin muammo shuki uning qo‘lining bilagida xristianlar xochini tatuirovkasi bor(buni shunchaki chizdirgan). Tatuirovkani lazer yo‘li bilan o‘chirsa bo‘ladi ammo bu juda katta pul turadi va tanishimda xozircha etarlicha pul umuman yo‘q. Hozir Islom dinini qabul qilib pul topganida tatuirovkani o‘chirsa ham bo‘ladimi yoki o‘chirganidan keyin islom dinini qabul qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom dinini qabul qilishni hech ham kechiktirmaslik kerak. Dinga kirishdan biror narsa man qilmaydi. Tatiurovkani sharoitiga qarab ketkizadi. Imkoni boricha ustini yopib yuradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar