badanga oq paydo bo‘lishi

Assalomu alaykum muhtaram Shayh Hazratlari! Avvalo o‘tgan bo‘lsada muborak Iydi Fitr bilan tabriklayman! Dinimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan hizmatlaringiz uchun Alloh ajrini bersin!man bermoqchi bo‘lgan savolni bir do‘stimiz Rossiyani Chita shahridan yollamoqda. Uni aytishicha ko‘p yillar ilgari Rossiyada cho‘chqa harom deb, 5 ta tirik cho‘chqani urib o‘ldirgan ekan. keyin oyog‘ida oq dog‘ paydo bo‘libdi. ba‘zilardan eshitibdiki oq (pes kasali) Allohni qahriga qolganlarga chiqadi deyishibdi... u hozirda tavba qilgan, taqvoni qattiq ushlagan, namoz o‘qiydi besh mahal, islomni ko‘p ruknlarini imkon qadar amal qiladi. hatto ruslarni islomga da‘vat qilib islomga olib kirgan, hadis ilmida ham ancha ilmi yahshi bo‘lib amal qilmoqda. lekin shu oyog‘idagi dog‘ unga faqat san Allohni qahriga qolgansan degandek bo‘larkan. Shunga islom nima deydi, bu qanday kasallik aslida deb savol bermoqda. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap behuda. Unga ishonmasin. Dinda yana ham sobitqadam bo‘lishga harakat qilsin.

27 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 141 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar