XAYIT KUNI QA’HON

ASSALAMU ALAYKUM.SAVOLIM SIZGA MALOL KELSA AVVALDAN UZR SORIYMAN.NIMA U N BIZLARDA KOPIN’HA XAYIT KUNI BOSHQA DIYORLAR B N TAFOVUT QILMOQDA KUN BOYI’HA.OLIM VA XALQQA ERGASHILADI DEYA XAR YILI TASKIN BERISHADI.AXIR ALLOXNI XUKMLARI TURGANDA OLIM NOTOGRI YOL KORSATSA ERGASHILMAYDIKU .NAXOTKI MADINADA YO BOSHQA YURTLARDA OLIM YOQMI
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa yurtlarda ham xuddi shunday. Hammaniki bir xil bo‘lib bizniki boshqacha bo‘layotgani yo‘q. Har davlatdagi musulmon rahbarlar o‘zlari ijtihod qilgani uchun shunday bo‘ladi. Bu avvallari ham bo‘lgan.Kurayb roziyallohu anhudan rivoyat: «Ummu Fazl binti al-Horis uni Shomga, Muoviyaning oldiga yuborgan edi. U aytadiki: «Bas, Shomga kelib u(Ummu Fazl)ning hojatini bajardim. Men Shomdaligimda Ramazon kirib qoldi, hilolni juma kechasi ko‘rdim. So‘ngra oyning oxirida Madinaga keldim. Ibn Abbos mendan:«Hilolni qachon ko‘rdingiz?» deb so‘radi.«Uni juma kechasi ko‘rdik», dedim.«Sen o‘zing ko‘rdingmi?» dedi.«Ha, odamlar ham ko‘rdilar. Ro‘za tutdilar. Muoviya ham ro‘za tutdi», dedim.«Lekin biz shanba kechasi ko‘rdik. To o‘ttiz kunni mukammal qilgunimizcha yoki uni ko‘rgunimizcha tutaveramiz», dedi.«Muoviyaning ko‘rgani va ro‘za tutgani bilan kifoyalanmaysanmi?» dedim.«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga shundoq amr qilganlar», dedi». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

27 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar