Egilganga egilib, kerilganga kerilish mumkinmi?

muxtaram Shayx xazratlari. Ma’lumki, yosh utishi bilan odam xarakteri uzgaradi. Men xam uzimda shunaka uzgarishlarni sezmokdaman. Masalan, oldin kup narsaga e’tibor bermasdim, xammaga salom berardim, birov menga noxaklik kilsa, indamay ketaverardim. Xoziram deyarli shunakaku, baribir uzimdan juda xafaman. Agar odamlarga indamasangiz oyok osti kilishadi, ochikchasiga mensishmaydi, chunki ular "zamonaviy", men esa "eskichaman". Uzim bu xolimdan faxrlanaman, oldinam indamiy ketvurishimdan faxrlanardim, nima kildim shu odam bilan tenglashib deb. Yoshim 27 ga karab ketmokda, baribir odamda, kanakadir "chuvstvo sobstvennogo dostoinstva" uygonarkan. Eng kiynidigani kelinimizani opalari bor, ulayam zamonaviylade, bir-bir kurishib kolamiza, bayramlada. Ochigi, bir marta salomlashganmiza, keyin ula man bilan salomlashmi kuyganla, manam yonlariga borib salomlashmadim. Baribir vijdon kiynaladi, uzimmi majburam kilomiman. Kup xolatlada uzimmi bosib turolidigan metin tinchligim yukolgan, odamlani juda-juda yomon kurib ketaman ba’zida. Indamasam, buncha lattasan diyishadi, gapirsam bezbet, kupol diyishadi. Oldin xamma narsani oson yutvorardim ichimga, endi bu ish kundan-kunga kiyinlashib ketdi, indamasamam eslagan sarim kuz yoshimni tiyib turomiman. Kanaka kilib mu’tadillikni saklash mumkin, kibrga kibr bilan javob berish mumkinmi, musulmon kishini andishasi bilan gururini chegarasi kaerda?Savolim chuzilib ketgani uchun ming bora uzr, Allox :jj sizni uz panoxida asarasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz odamlarning gapiga qarab emas, shariatning ko‘rsatmasiga qarab yashang. Odamlarning shariatga nomuvofiq ishlari va gaplarini bir pulg olmang.

27 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar