Qaysi biri to‘g‘ri

Assalomu alaykum! Uyga borish uchun ruxsat Assalomu alaykum Ustoz. Ushbu savolim er-xotinlik xususida. Agar xotin uyiga asosan ota-onasini, aka-singlini ko‘rgisi kelib eridan ruxsat so‘rasa, lekin er bunga xech qanday shar’iy sababsiz ruxsat bermasa xotin qanday yo‘l tutishi lozim? JAVOB: Hanafiy mazhabining mashhur kitoblaridan bo‘lmish “Bahrur roiq sharhi Kanzud daqoiq” nomli kitobda bu haqda quyidagilar yozilgan: “To‘g‘ri va fatvo berilgan gap quyidagicha: “Ayol kishi ota-onasining ziyoratiga har haftada bir marta u (eri) ruxsat bersa ham, barmasa ham chiqadi. Mahramlarning ziyoratiga har yilda bir marta u (eri) ruxsat bersa ham, barmasa ham chiqadi” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Uzr Hurmatli ustozlar beodobligim uchun shu yozilgan savol javobni o‘qib ikkilanib qoldim men maro‘zalarda eshitgan edim erning ruxsatisiz hech qaerga chiqishga ruxsat yo‘q deb qaysi biri to‘gri erni ruxsati shartmi yoki shart emasmi javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Har bir musulmon erkak bu fatvoni o‘qiganidan keyin shariat ruxsat bersa men to‘sqinlik qilmasligim kerak degan e’tiqodda bo‘lishi kerak. Mabodo har hafta borishni moddiy jihatdan yoki biror uzr bo‘lishga loyiq sababdan oilaviy sharoit ko‘tarmasa bu yog‘i ayolning diyonatiga bog‘liq. Erni g‘amga botiruvchi ishlarni qilmasligi kerak. Ayolning har hafta borishi xulqini salbiy o‘zgarishiga sabab bo‘lsa er fitnani olishi uchun vaqtincha tadbir qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar