Karzni kaytara olmayapman

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari.Sizga bir savolim bor edi.Men Ukrainada savdo kilaman.Bundan ikki yil oldin nasiyaga tovar olgandim.Kancha vaktdan beri izlab usha kishini topa olmayapman karzimni berish uchun.U kishi Vetnamlik.Endi savol: Agar usha kishini topa olmasam karzimni kanday uzaman? Allox sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mutlaqo topa olmasangiz, o‘ta kambag‘al odamlarga berib, birovning haqidan qutilasiz.

27 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 186 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar