Nojoiz pullar

Assalomu alaykum! Nojoiz joydan topilgan pul yoki egasini topishning deyarli iloji yo‘q insonlarning pulini plastikka tashlab, Mehr-2020 yoki Yurak Amriga o‘xshagan loyihlarga o‘tkazib yuborsak bo‘ladimi? Agar miskin va muxtoj insonlarni topishga qiynalsak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga bermang. Muhtojlarni topib o‘zingiz bering. 
Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Yuzga yuz harakat qilib qidirsa shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarni o‘zlariga o‘zingiz sadaqa qilasiz. Mabodo egasi topilsa pulini berasiz. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar