Ro‘zadorning uyqusi
Assalomu alaykum shayx janoblari ilmingizni Olloz ziyod qilsin. Ro‘za ramazon oyingiz muborak bo‘lsin.Xazarat Ro‘za boshlanishidan oldin niyat qiluvdim bu yil ro‘zalarimni mukammal tutaman deb va ro‘zaning tarovixi boshlangandan xar kuni tarovixga qatnayotuvdim. Kecha shanba kuni kechga yaqin onamlar telefon qilib yo‘lga chiqqanlarini aytdilar kech bo‘lib og‘iz ochardan so‘ng tarovixga borishim kerak edi biroq onam uzoqda kelyabdilar va moshinani orqasi to‘la narsa olib kelayotganliklarini bilar edim va onam kelsalar keyin tarovixga chiqaman dedim aksiga olib onam 23.00ga yaqin kirib keldilar. Ularning narsalari og‘ir uzim 5 etajda turaman xotinim xomilador shu uchun majbur bo‘ldim onamlarni kutishga. Kelganlaridan so‘ng tarovixga borolmadim va kechgi soat 1.00 ga qadar gaplashib telefon budilningini saxarlikk quyib uxladim afsus tursam bomdod nomozi tugashiga 20 daqiqa qolgan ekan. Tez taxorat qilib bomdod nomozi o‘qishdan oldin ro‘zani yopish duosini o‘qib bomdod nomozini o‘qiyman ichimdan bir narsa tindalab ro‘za to‘liq bo‘lmagani uchun ko‘zimdan jiqqa yosh quyilib kela boshladi va yoshlarim og‘zimga tushib labim shurlik ta’mini sal bo‘lsada sezdi. Shu kuni kechgacha yurib ro‘zamni kech bo‘lganda ochdim. Meni qiynayotgani shu ro‘zam maqbulmi, maqbo‘l bo‘lmasa 60 kun tutib berishim kerakmi. Rostini aytsam 60 kun ro‘za tutisha sabrim etmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maqbul insha Alloh.
27 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 137 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maqbul insha Alloh.
27 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 137 | Ro‘za