Sheriklik rejasi
Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarga anchadan buyon yo‘llamoqchi bo‘lgan savolimni yo‘llamoqchiman. Xudoga shukur sizlarning ushbu va boshqa saytlaringizdan olgan bilimlarim din haqida tushunchamni shakillanishida juda katta o‘rin tutadi. Sizlar berayotgan ma’lumotlardan qo‘ldan kelgancha o‘qib hayotimga tatbiq qilayapman Xudoga shukur. Xozirgi beradigan savolim diyorimizda bo‘layotgan ishlarga bevosita bog‘liq. Bilishim bo‘yicha bizda tovuq fermalarining aksariyatida avtomatik ravishda tovuqlar so‘yiladi va shuning uchun ular halol bo‘lmaydi, bu haqda sizlarning saytlaringizda ham bir-ikki marta o‘qidim. Bilamizki xozir ko‘chada taomlanish avj olmoqda, xossatan ko‘chalarda somsa, gumma va hokazolar ko‘paymoqda. Qaerga qaramay somsa pishiradigan joylarning menyusida tovuqli somsa ham bor. Tovuqsiz somsa sotadigan joyni yaqin vaqt ichida ko‘rmadim. Yoki gumma sotadigan joylarda sosiskali gummalar ham sotiladi. Men ushbu narsalardan egim kelmaydi. Shu narsalardan tanovvul qilayotgan odamlarga qarab qandaydur achinish xissi paydo bo‘ladi. Shuning uchun Inshaalloh kelgusida musulmon davlatlardagi kabi tovuq fermalari ochish niyyatim bor. Bunda har bir tovuqni "Bismillah Allohu Akbar" deb halol so‘yiladigan bo‘ladi nasib bo‘lsa. Lekin odamlar yana ham ishonishlari uchun halol belgisi bo‘lsa a’lo bo‘lar edi menimcha. Shuning uchun sizlarga shunday taklif bilan murojaat qilinsa sizlar bunga nima deysizlar? Ya’ni ushbu so‘yilayotgan tovuqlarni sizlar kelib, ko‘rib, tekshirsalaringiz va halol deb aytsangiz ushbu so‘yilayotgan tovuqlarni. Shu taklifga nima javob bergan bo‘lar edingiz? Maqsadim InshaAlloh xalqni halol mahsulot bilan ta’minlash.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda musulmon va mo‘min birodarlarimiz alhamdulillah namoz, ro‘za va haj kabi amallarning farz, vojib va sunnatlaridan bohabar bo‘lishdi. Qanday qilsa u amallar zimmadan ado bo‘lib savob hosil bo‘lishi, qaysi holatda buzilib qolishi, hamda qanday qilsa sajdai sahv amallar bilan kamchiligi to‘ldirishini o‘rganib olishdi. Bu quvonchli holat. Dinimiz asosan besh qismga bo‘linadi. Iymon, ibodat, muomalot, ijtimoyi munosabatlar va xulqlar. Ya’ni tazkiyatunnafs. Yuqoridagi ibodat qismini farz, vojib, sunnat va makruhlar bo‘lganidek iymonni ham farzlari bor va muqobilida turadigan shirk, kufrlar bor. Xuddi shuningdek qolgan muomalot, ya’ni har bir inson qiladigan kasb korining ham farz, vojib, sunnat, makruh va haromlari bor. Ijtimoyi munosabatlarda ham xuddi shunday. Sizni bu taklifingizdan biz behad xursand bo‘ldik va manuniyat bilan qabul qilamiz. Ungacha bu sohani rukn, shart, farz, vojib, sunnat va haromlarini yaxshilab o‘rganib turishlaringizni taklif qilamiz. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom