Ro‘zador dori tasirida bo‘lishi

Assalomu Alaykum Shayx Hazratlari, ilmingiz va umringiz ziyoda bo‘lsin.Savolim shundan iboratki, Men ro‘za boshlangan kundan boshlar saharlikda va iftordan keyin doktor yozib bergan shamollashga qarshi antibiotik va tabletkalarni ichishni boshlagan edim, birinchi kuni o‘zgarishlar sezilmadi, ikkinchi kundan miyada va tanada o‘zgarishlar sezila boshladi, uchinchi kuni o‘zgarishlar kuchaydi, miyamda bir xil narsalar to‘xtamasdan aylanishni boshladi, tanada esa shahvatim kuchayib keta boshladi, sahardan, peshingacha to‘rt yoki besh marta hammomda (dush)ustimdan suv quydim, kitob o‘qidim, namoz o‘qidim, lekin shaxvatni bosishni iloji bo‘lmay qoldi, suyuqlik kela boshladi va o‘zim suniy yo‘l bilan qodirdim, va ro‘zamni ochib yuborishga majbur bo‘ldim, bir qancha vaqt o‘tkandan keyin, ichgan antibiyotiklarning yomon tasirini(pobochnie effekti) o‘qib kordim u erda rostdan ham miyaga, ruhiyatga va aynan jinsiy azolarga tasiri bor deb yozilgan ekan,Shayx hazratlari, bu holatda dorining tasirida bo‘lganimni hisobga olganda, qazo hamda kafforat joiz bo‘ladimi. Bu ishlardan o‘zim juda qattiq afsusdaman.Shayx hazratlari qimmatli vaqtingizni ayamayotganingiz uchun sizga raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ha, qazo vojib bo‘ladi.

27 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 195 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar