Shunday kilsam tugrimi?
Assalomu alaykum Shayx xazratlari! Alloxim salomatligizni bundanda zieda kilib,biz ilmi kamroklarga yanada ilm berishingizdan ayirmasin! Ustoz, man uzim sexr afsun kilish,kildirish xarom ekanligidan xabardorman. Biz tomonlarda,tugrirogi maxallamizda 7,8 xonadon lulilar yashaydi! Xozir ular borgan sayin palak ezib kupayib ketishmokda. Ular shunday xarom ishni egallashganki,ayrim kimsalar salomatligidan,oilasidan,ishidan va xokazo xokazolardan najot izlab ularni xuzuriga kelishadi,bu luli kushnilarim esa sizga duo edirilgan,sexr kilingan deb ularni ogziga kulini tikib duoibad deb nomlanmish kogozni olib tashlashadi eki kaytarma xam kilishadi! Fol xam ochishadi. Bu ishlari kuzboylogich kabi odamlarni aldab pul ishlashlari manga umuman ekmaydi! Chunki bularni barchasi nayrang! Achinarlisi,bularning xuzuriga kushni viloyatdan juda kuplab mijozlari tashrif buyurishadi. Xammasi tuzuk odamlar,kimmatbaxo mashinalarda kelishadi. Kurib achinib ketaman ularga. Bu lulilar esa bu puldor kimsalarni kelganidan foydalanib kokib va boplab pullarini olishadi,kamida bitta kuyga tushurishadi! Bir narsani anik aytamanki,bu luli kushnilarim xattoki taxoratni T xarfiniyam tushunishmaydi,judayam iflos yashashadi.Bu omi odamlar esa ishi yurishmasa sabr kilish,kasal bulsa doktorga borish urniga davo istab shu firibgarlarning oldiga kelishadi. Tugri,sexr kilishlik bor narsa,bu paygambarimizga xam kilingan,buning davosi esa domlaga borib uziga dam soldirishdir! Eki shunga karshi suralarni ukib,uziga uzi dam solishlikdir. Va sabr kilishlik. Bulardan xabarim bor,diniy ilmim xarkalay etarli! Xazrat,man shu lulilar oldiga kelaetgan mijozlarini kaytarmokchiman,ya’ni vaziyatni tushuntirib ular girt firibgar ekanliklarini bildirib kuymokchiman! Shunaka kilib bu mijozlarni yuldan kaytarsam buladimi? Eki indamay kuyaveraymi? Ancha pullari bexudaga ketib eslari joyiga tushganida uzlari tushunib kolisharmikin. Chunki kuchani boshida bizni xovli turadi,kupincha mijozlar kelib usha lulini uyi kaysi deb bizdan surashadi. Savolim chuzilib ketganligi uchun uzr ustoz. Salomat buling!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qaytarish kerak. Juda ham savobli ishni qilgan bo‘lasiz.
27 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qaytarish kerak. Juda ham savobli ishni qilgan bo‘lasiz.
27 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda