Barcha o‘qisa yaxshi bo‘lardi

BISMILLAXIR RAXMONIR ROHIYM. Faziylatli Shayx janoblari Assalomu alaykum! Savollarga sayt orqali berayotgan javoblaringiz uchun sizga tashakkurlar aytamiz. Bu xarakatlar musilmonlar ommasi uchun juda ahamiyatli bo‘lib, ulardan hayotiy zaruratlarda foydalanmoqdamiz. Afsuski, ba’zi bir savol berish odoblariga rioya qilmay yozilayotgan maktublardagi beodoblik va tuturuqsizlikni ko‘raganda beixtiyor jahlimiz chiqadi. Shunday maktublardan yana biri kuni kecha yozilganigiga guvox bo‘ldim. https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topi’,30370.msg152036.html#msg152036Shu boisdan ham ba’zi bir fikr muloxazarimni bildirishga izn bersangiz. Muxtaram sayt ishtirokchilari, ushbu saytga a’zo bo‘layotganingizda savol berish odoblari va qoidalarini o‘qib chiqqansiz. O‘sha qodalarda savol beruvchi javob beruvchiga nisbatan shorid va ustoz maqomida bo‘lishligi, Olimga nisbatan beodoblik qilish mumkin emasligi va boshqa tartib qoidalar joriy etilgan. Mana shularga amal qilish kerakligi aytilgan. Saytga a’zo bo‘layotgan xar bir kishi bu qoidalarga o‘z roziligini berganidan keyingina saytga a’zo bo‘lishga ruxsat beriladi. Ba’zi bir ishtirokchilar esa ushbu kelishuvga zid ishlar qilishmoqda. Bu xolat esa munofiqlikning bir alomati emasmikin, deb ko‘rmamiz. Chunki xadisi shariflarda, va’da berib unga xilof qilishlik ham munofiqlikni alomatlaridan deyilgan. Yana ba’zi bir o‘zini bilmagan ishtirokchilar esa Shayx janoblariga “aql o‘rgatish” darajasiga xam etib borishgan. Biz musilmonlar jamoasi olimu, ulamolarimizga xurmat ko‘rsatishga, ularni qadrlashga buyurilganmiz. Qolaversa, olimlar Payg‘ambarlarga merosxo‘r ekanliklarini ham yoddan chiqarmasligimiz kerak. Shuning uchun xar bir sayt a’zosi Shayx janoblariga maktub yoki o‘z fikr mulohazasini yuborishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishi, o‘zini Ul zotni yonlarida yuzma-yuz o‘tirgandek xis qilishi kerak. Mana shu xolatlarga rioya qilishlik nafaqat bu dunyoimiz balki, oxiratimiz uchun ham foydali bo‘lishini anglab etishimiz zarur. Saytga kelayotgan barcha savollarga aniq tiniq va tushunarli qilib Shariat xukmlari asosida javob berilayotganini xech kim rad eta olmasa kerak. Diyorimizda yana shunaqa iml va martabaga ega olim borligini va ayniqsa turli-tuman mavzulardagi savollarga gapni aylantirmasdan shariat hukmini aniq ayta oladigan odam borligini shaxsan men bilmayman... Biladiganlar bo‘lsa o‘shalarga murojaat qilishlari mumkin. Xech kim ularni qo‘llaridan tutayotgani yo‘q. Chunki, sayt ishtirokchilarining ayrimlari o‘zlari javobini oldindan bilib turgan ayni paytda ko‘pchilik uchun noqulaylik tug‘diruvchi savollarini berishlari, ayniqsa ixtilofli va turli siyosiy savollarni berishlari (masalan ayollarni kiyim boshlari xaqida) ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Bu kabi savollarni ortib borishi esa, Markaziy Osiyoda yagona ishlab turgan portalimizni yopilib qolishiga olib kelishini mumkinligini ham anglab etishimiz kerak. (Alloh asrasin). Mazkur sayt a’zolarining barchasidan, savol berish tartib va qoidalarga rioya qilishlarini so‘rardim. Yaqindagi vidio lavxalarni birida Shayx janoblarini soqollaridagi oqlari yanada ziyodalashib ketgani ko‘rdim. Azizlar bilib qo‘ying, Shayx janoblari Allohni bizga bergan ne’mati, Ul zot bizga omonat, ilmlaridan foydalanib qolishimiz kerak. Asolo va asolo beodobgarchilikka yo‘l qo‘masligimiz kerak. Turli bo‘lmag‘ur gaplar bilan U kishini vaqtlarini olish, asablari buzilib xafa bo‘lishlariga sababchi bo‘lishdan saqlanish kerak. Ayniqsa Olimlarga "aql o‘rgatib" maxmadonalik qilish juda yomon odat bo‘lib, shariatda qoralangan ishlardan hisoblanadi. Alloh taolo barchalarimizga bu dunyo va oxiratda ofiyat ato etsin. Olim va Ulamolarimizning dushmanlariga insofu tavfiq bersin. Alloh taolodan Shayx janoblari va U kishining yaqinlarini xifzu himoyasida asrashini, do‘stu dushmanni bilib-“bilmay” qiladigan yomonliklaridan O‘z panohida saqlashini so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Omiyn! Sizga ko‘p tashakkurlar! Alloh taolo xayringizni bersin!

27 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 142 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar