Hassaga tiyanganlari haqida

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hassaga tiyanganlari haqida ishonchli ma’lumotlar bormi? Necha yoshlarida, nima sababdan, hassasining holati qanday bo‘lganligi xaqida bilmoqchi edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga minbar yasab berishlaridan avval jumaning xutbasida hassa, qilich yoki sahobalardan birining elkasiga suyanib, gohida ustunga suyanib xutba qilganlari hadislarda keladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: بَيْنَا أَنَا أَمْشِي مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي خَرِبِ الْمَدِينَةِ، وَهُوَ يَتَوَكَّأُ عَلَى عَسِيبٍ مَعَهُ، فَمَرَّ بِنَفَرٍ مِنَ الْيَهُودِ، فَقَالَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ: سَلُوهُ عَنِ الرُّوحِ. وَقَالَ بَعْضُهُمْ: لَا تَسْأَلُوهُ لَا يَجِيءُ فِيهِ بِشَيْءٍ تَكْرَهُونَهُ. فَقَالَ بَعْضُهُمْ: لَنَسْأَلَنَّهُ. فَقَامَ رَجُلٌ مِنْهُمْ فَقَالَ: يَا أَبَا الْقَاسِمِ، مَا الرُّوحُ؟ فَسَكَتَ. فَقُلْتُ: إِنَّهُ يُوحَى إِلَيْهِ. فَقُمْتُ، فَلَمَّا انْجَلَى عَنْهُ، فَقَالَ:  وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّن الْعِلْمِ إِلاَّ قَلِيلاً (أُوتُوا). قَالَ الْأَعْمَشُ: هَكَذَا فِي قِرَاءَتِنَا Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Madinaning xarobalarida yurib borayotgan edim. U zot xurmo shoxidan qilingan hassalariga tayanib olgan edilar. Bir guruh yahudiylarning yonidan o‘tib qoldilar. Shunda ulardan biri boshqasiga: «Undan ruh haqida so‘ranglar-chi», dedi. Ularning ba’zilari: «Undan so‘ramanglar, (yana) bu haqda sizlar yoqtirmagan narsani keltirmasin», desa, ba’zilari: «Albatta, undan so‘rayajakmiz», deyishdi. Keyin ulardan bir kishi turib: «Ey Abul Qosim, ruh nima?» dedi. U zot jim bo‘lib qoldilar. Men u kishiga vahiy qilinyapti, deb turib ketdim. U zotdan (bu hol) tarqagach, aytdilar: «Va sendan ruh haqida so‘rarlar. «Ruh – Robbimning ishidir. Ularga juda oz ilm berilgandir», deb ayt». A’mash: «Bizning qiroatimizda shunday», degan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). (Isro 85-oyat) Izoh: Hafs rivoyatida ushbu oyat أُوتُوا  ularga deb emas, أُوتِيتُمْ sizlarga deb o‘qiladi. Ushbu va boshqa bir necha hadislardan umumiy holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hassaga tutganlari ma’lum bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 154 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar