Ayolning mahramsiz safar qilishi

Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Sizga bir savol bilan murojaat etmoqchiman. Bir tanishim sizdan ushbu savolni so‘rashni iltimos qilgan edi.Savolim quyidagicha: Bir ayol ikki farzandi, eri va erining ahli-oilasi bilan O‘zbekistonda yashaydi. O‘sha ayolning ota-onasi esa Amerikada. Ota-onasi bilan ko‘rishmaganiga naqd 2 yil bo‘lib qolgan. Yaqinda u kishining ota-onasi Amerikada o‘g‘illarini uylantirishayotgan ekan. Qizlarini va kuyovlarini ham taklif etishganda (Ular yo‘l xarajatlarini o‘z yonlaridan qilishlarini aytishgan) kuyov rozi bo‘lmagan. Ayoliga esa mahramsiz safarga chiqish mumkin emas, agar shunday qilsang 3 taloq qilaman deb dag‘dag‘a qilgan. Ayolning ota-onasi esa qattiq sog‘inch tufayli bo‘lsa kerak, kelishlarini so‘rab Xudoning zorini qilishayapti.Ayol bechora ikki o‘t orasida qolgan. Boray desa eri taloq qilaman deydi, bormay desa ota-onasi qattiq turib chaqirishyapti va ularni juda sog‘ingan.Iltimos hazrat, biror maslahat bering?Ayol mahramlari bilan aeroportgacha etib olsa va Amerikaga etib borganda mahramlari kutib olishsa joizmi?Er shu holatda ayolini yubormaslikka, ya’ni ota-onasidan to‘sishga haqqi bormi?Alloh ajringizni ulug‘ qilib bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Erga tushuntirish kerak. O‘zi ham ayolini olib borsin.

27 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 156 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar