Aqiyqa haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati a’zolari, mening bir o‘ziga to‘q boy tanishim yaqinda qiz farzandlik bo‘ldi. Va bu farzandiga aqiyqa qilish uchun 1ta qo‘y emas balki 1ta qoramolni so‘yib aqiyqa marosimini o‘tkazmoqchi. Maqsadi esa Payg‘ambarimiz alayhissalom qiz farzand dunyoga kelsa buning xursandchiligini bo‘rttiribroq qilishni tavsiya qilganliklari ekan. Shu maqsadda bir qoramolni so‘yib go‘shtini yarmini  muhtojlarga  xomtalash qilib tarqatib, qolgan qismidan taom tayyorlatib yaqin qarindosh, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilarga dasturxon yozmoqchi. Umuman olganda buni maqtanish va riyo uchun emas holis Alloh uchun qilmoqchiligini aytdi. Ammo aqiyqa uchun qiz bolaga qoramol so‘yish haqida hadislarda biron narsa topa olmabdi. Bizda bunday holat urf bo‘lmagani va bunday xolatga hali duch kelmaganimiz uchun, aqiyqa marosimidan  oldin sizlardan so‘rab ko‘rmoqchimiz. Dinimizda qoramol so‘yib aqiyqa qilishga mumkinmi? Bir tanishim esa anchadan buyon echkichilik bilan shug‘ullanadi. U ham qiziga aqiyqa qilish niyatida. U bir qo‘y o‘rniga o‘z echkilaridan birini so‘yib aqiyqa qilsa bo‘ladimi?)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin. Aqiyqa ham qurbonlikning bir turi. Qurbonlikda qilingan shartlar aqiyqada ham qilingan. Masalan mollar ikki yoshda bo‘lishi, turli xil ayblardan salomat bo‘lishi. Hadisda kelganidek qo‘yni aqiqa qilish afzal. Ammo qurbonlikka yaraydigan boshqa hayvonlardan qilsa, joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar